Ukraina Oliy Radasi mamlakatning Rossiya va Belarus bilan chegaralari bo‘ylab minalangan chiziqni kengaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Ukraina chegara xizmatiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
“Ukraina—Rossiya va Ukraina—Belarus chegarasi bo‘ylab chiziq eniga 2 kilometrgacha kengaytiriladi. Bu minalangan hudud bo‘ladi”, — deyiladi vazirlik Telegram kanalida.
Bundan tashqari, Ukraina harbiylari, Milliy gvardiya jangchilari va Milliy politsiyasi xodimlarini chegara xizmatiga jalb qilish tartibga solingan, shuningdek, “harbiy holat davrida chegarachilarning mudofaa kuchlarining umumiy tizimidagi o‘rni belgilangan”.
Belarus chegarachilari chegara zonasining Ukraina tomonida “namoyishkorona minalanishi” haqida bir necha bor bayonot bergan.
2022-yilning 10-oktabrida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan mudofaa doirasida mamlakat hududiga qo‘shma qo‘shinlar guruhini joylashtirishga kelishib olganini ma’lum qilgandi. Joriy yilning boshida respublika hududiga Rossiyaning yangi kuch va texnikasi keldi. Ikki davlat harbiylari Belarusda Qurolli kuchlarning turli bo‘linmalarining qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.
Yanvar oyida Ukrainaning Belarus bilan chegaradosh Rovenskiy viloyatida okoplar qazila boshlandi. Rasmiylarning aytishicha, chegaraning butun perimetri minalangan.
Izoh (0)