O‘zbekistonda jamoat transportida moslashuvchan tarif rejalari aprel oyidan joriy etiladi. Bu haqda AOKAda Transport vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AJ mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Xabarga ko‘ra, vaqtga briktirilgan differensial tarif rejalari apreldan joriy etiladi. Bunda:
- bir soat ichida avtobusdan avtobusga birinchi marta o‘tish 70 foizgacha arzonlashadi;
- ikkinchi va keyingi o‘tishlar yo‘lovchi uchun bepul bo‘ladi;
- avtobusdan metroga yoki metrodan avtobusga o‘tishda tarif 30 foizgacha arzonlashadi.
Shu bilan birga, jamoat transportidan kunlik aktiv foydalanuvchilar uchun bir kunlik limitsiz tariflar joriy etiladi.
Izoh (0)