Daryo

Ichki ishlar vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

U bir vaqtning o‘zida Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i ham hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish33 237 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Prezidentining 22-fevraldagi qaroriga asosan polkovnik Shavkat Rahmonov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”/ Rahmonjon Mamadaliyev

Tayinlovga qadar Shavkat Rahmonov Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, undan oldin esa Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil oktabrda ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirilgandi. O‘shanda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziriga o‘rinbosar, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari IIB boshliqlariga o‘rinbosarlar tayinlangandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar