• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo kundaligi”da 21-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 21-fevralda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.


    Rossiya va AQSH munosabatlari qayta tiklanadimi? 


    AQSH Davlat departamenti mamlakat rahbari Jo Baydenning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish shartini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

    “Albatta, buning uchun Ukrainaga qarshi tajovuz tugashini ko‘rishimiz kerak. Ukrainada urush davom etayotganda bu darajada diplomatik muzokaralar olib borish juda qiyin”, — deydi Departament matbuot kotibi Andrea Kaplan.

    Kaplan prezident Bayden har qanday yetakchi bilan uchrashishga tayyorligini, ammo bu AQSH manfaatlariga mos kelishi kerakligini eslatdi. “Bu to‘liq diplomatik suhbat bo‘lishi kerak”, — dedi Kaplan va Baydenning hozirda Putin bilan uchrashish rejasi yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

    Shuningdek, rasmiy AQSH nafaqat Putin bilan, balki Rossiyaning boshqa vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazishga hozircha tayyor emasligini ta’kidladi.

    “Rossiya Ukrainada urush olib borayotgan paytda buning iloji yo‘q. Bunday agressiyaga, Rossiya diplomatiyaga hali tayyor emasligiga guvoh ekanmiz, uchrashuvdan ma’no yo‘q”, — dedi Kaplan.

    Baxmut uchun mudofaa chizig‘iga odamlar to‘lqinini tashlash uslubi...

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Putin tinchlikni xohlamasligi va u allaqachon Baxmut hududida yangi hujum amaliyotlarini boshlaganini aytdi. 

    “Bu yirik bahorgi hujummi yoki shunchaki uning muqaddimasimi, aytish qiyin. Lekin ular tobora ko‘proq qo‘shin va ko‘proq qurol-yarog‘larni tortib kelmoqda”, — degan  NATO bosh kotibi.

    Stoltenbergning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya harbiy xizmatchilar sonini oshirish bilan qoniqarsiz jihozlar va yomon logistika ta’minotini xaspo‘shlashga harakat qilmoqda.

    Alyans vakili buni “mudofaa chizig‘iga odamlar to‘lqinini tashlash” deb atadi.

    Bugun esa Ukraina razvedkasi Rossiya talabalarni ommaviy safarbar qilishga tayyorlanayotgani haqida xabar berib, dalil sifatida Tomsk davlat pedagogika universiteti rahbariyatiga tegishli 9-fevraldagi buyruqning nusxasini e’lon qildi. Voqealar rivojini kuzatamiz.

    Afg‘oniston ortiq beqaror vaziyat tufayli iqtisodiy imkoniyatlaridan cheklanishni xohlamaydi, bu yo‘lda uning qo‘llab-quvvatlovchisi kim bo‘ladi?

    Afg‘onistonda “Tolibon” hukumati sobiq xorijiy harbiy bazalarning bir qismini maxsus iqtisodiy zonalarga aylantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BBC va Reuters xabar berdi.

    Afg‘onistondagi iqtisodiy vaziyat “Tolibon” 2021-yilning avgustida mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olganidan keyin yomonlasha boshladi. Buning asosiy sabablaridan biri Afg‘onistonga 2000-yillarning boshidan beri yordam berib kelayotgan asosiy donor davlatlarning “Tolibon” bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishi bo‘ldi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlarning aksariyati ham mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatdi.

    Ayni paytda Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Barodar xorijiy kuchlarning ayrim harbiy bazalarini maxsus iqtisodiy zonalarga aylantirish uchun ularni bosqichma-bosqich nazoratga olish kerakligi haqidagi qarorni ma’lum qildi.

    Loyiha poytaxt Kobul va shimoliy Balx viloyatidagi bazalardan boshlanadi.

    Mutaxassislarning fikricha, Afg‘onistonda 1 trillion dollardan ortiq tabiiy resurslar, jumladan, tabiiy gaz, mis va noyob yer jinslari mavjud. Biroq bu zaxiralarning aksariyatidan mamlakatda o‘nlab yillar davom etgan beqarorlik tufayli foydalanilmayapti.

    Avvalroq “Tolibon” Afg‘oniston shimolida neft quduqlarini burg‘ulash bo‘yicha Xitoy firmasi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. O‘z-o‘zidan 25 yillik shartnoma Xitoyning mintaqadagi iqtisodiy ishtirokini nazarda tutadi.

    Pekin boshqa davlatlar singari “Tolibon” hukumatini rasman tan olmagan bo‘lsa-da, biroq Xitoyning “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi uchun  Afg‘onistonda uning asosiy manfaatlari yotadi.


    2022-yil yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning salkam 1,5 mln nafari Rossiyaga ishlashga ketdi, sabablar bilan tanishamiz

    Rossiyaga 2022-yilda ishlash uchun  kelgan xorijiy fuqarolar soni 3,47 million kishini tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga ko‘pdir. Bu haqda Finexpertiza audit va konsalting tarmog‘i tahliliy xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. 

    O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kelgan barcha mehnat muhojirlari orasida yetakchi bo‘ldi — 1,45 mln o‘zbekistonlik 2022-yilda Rossiyaga borgan. Bu ko‘rsatkich bir yilda ishlash uchun kelgan umumiy muhojirlar soniga nisbatan 41,9 foizni tashkil qiladi.  

    Tojikiston fuqarolari (28,4 foiz yoki 986,7 ming kishi) ikkinchi bo‘lgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Qirg‘izistondan kelgan muhojirlar (16,2 foiz yoki 562,6 ming kishi) egalladi. 

    2022-yilda koronavirusdan oldingi davr bilan solishtirganda, Rossiyaga kelgan xorijliklarning umumiy soni 2,5 baravar kam bo‘lgan, mehnat muhojirlari soni esa sezilarli darajada kamroq — atigi 15,3 foizga (yoki 626 ming kishi) qisqargan.

    Mutaxassislar kadrlar yetishmasligi fonida kuryerlar, haydovchilar, quruvchilar va yuk ko‘taruvchilarning ish haqi rublning mustahkamlanishi fonida jozibadorlikka ega bo‘lganini ta’kidladi. Natijada muhojirlar uchun xorijiy valyutadagi daromadlar sezilarli darajada oshgan.

    21.02.2023, 23:44   Izoh (0)   6605
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Urush Zelenskiyni qanday o‘zgartirdi, nega Putin unga yetarlicha baho bermadi?

    21.02.2023, 23:25

    Medvedev Putinning Federal Majlisga murojaati paytida uxlab qoldi (foto)

    21.02.2023, 22:31

    Xitoy raisi Moskvaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda — WSJ

    21.02.2023, 21:20

    Eron-Germaniya fuqarosi “Yer yuzidagi korrupsiya”da ayblanib, o‘limga hukm qilindi

    21.02.2023, 20:30

    So‘ronbay Jeenbekov Qirg‘iziston sobiq prezidentlari uchrashuviga munosabat bildirdi

    21.02.2023, 19:43

    Turkiya o‘zining eng katta dronini namoyish qildi. Aksungur droni nimalarga qodir? (video)

    21.02.2023, 19:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.