Xitoy yetakchisi Si Szinpin yaqin oylarda Rossiya prezidenti bilan sammit o‘tkazish uchun Moskvaga tashrif buyurishga tayyorlanmoqda. Bu haqda rejadan xabardor odamlarga tayanib, Wall Street Journal xabar berdi.
Pekin Ukrainadagi urushga barham berishda faolroq rol o‘ynashni xohlayotganini ta’kidlagan va Si Szinpinning tashrif rejalari bilan tanish odamlar Putin bilan uchrashuvda Xitoy yadro qurolidan foydalanmaslikka chaqirishini aytmoqda. G‘arb davlatlari Xitoyning diplomatik tashabbusiga shubha bilan qaramoqda, o‘tgan haftada Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bu bo‘yicha mamlakat pozitsiyasini bildirgan.
“Si Szinpinning tashrifi bo‘yichi kelishuvlar dastlabki bosqichda va hali vaqti aniqlanmagan. Janob Si aprelda yoki may oyi boshida tashrif buyurishi mumkin”, — deydi rejadan xabardor odamlar.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I 21-fevral kuni Moskvaga tashrif buyurdi. Diplomat Xitoy-Rossiya munosabatlari va “umumiy manfaatdor bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalarni” muhokama qilishni rejalashtirgan”. Ehtimol, siyosatchi Si Szinpinning Moskvada safarini ham muhokama qilishi mumkin.
Izoh (0)