• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Oshqozon yarasi: belgilari, davolash choralari va oldini olish bo‘yicha samarali tavsiyalar

    Oshqozon yarasi nima? Oshqozon yarasi — oshqozon shilliq qavatidagi ochiq yara. Baʼzida xuddi shunday yaralar oshqozonning orqasida joylashgan ichak qismida paydo bo‘ladi. Bu holda, u o‘n ikki barmoqli ichak yarasi hisoblanadi. Oshqozon yarasining ikkala turi ham peptik yara deb ataladi. Ular bir xil ssenariy bo‘yicha paydo bo‘ladi, rivojlanadi va davolanadi. Shu bois peptik yara tushunchasini oshqozon yarasining aniq sinonimi desa ham bo‘ladi.

    Peptik yaralar juda keng tarqalgan. Misol uchun, Amerika Qo‘shma Shtatlarida har o‘n nafardan biri bu kasallikdan aziyat chekadi.

    Yosh qanchalik katta bo‘lsa, oshqozon yarasi rivojlanish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, 60 yoshdan oshgan odamlarda bu kasallik keng tarqalgan.

    Oshqozon yarasining sabablari nima?

    Oshqozonda ovqat hazm bo‘lishiga yordam beradigan kislota mavjud. Ammo u organning devorlarini ham hazm qila oladi. Buning oldini olish uchun oshqozonning ichki shilimshiq qismi faol ravishda ishlab chiqaradigan himoya hujayra qatlami bilan qoplangan. Agar biron sababga ko‘ra bu qatlam vayron bo‘lsa, shilimshiq kamaysa, kislota oshqozon devorini yemira boshlaydi. Shu tariqa yara hosil bo‘ladi.

    Himoya qatlamini buzishi mumkin bo‘lgan bir necha omillar mavjud.

    1. Bakterial infeksiya

    Ko‘pincha, oshqozonga yuvilmagan qo‘llar yoki boshqa narsalardan tushgan Helicobacter pylori (H. pylori) deb ataluvchi bakteriyalari himoya qatlamiga ziyon yetkazadi. Baʼzi sharoitlarda bu mikroblar birinchi navbatda oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi (gastrit)ni keltirib chiqaradi, so‘ng himoya qatlamining yaxlitligini buzadi.

    Ajablanarlisi, dunyo aholisining 50 foizigacha Helicobacter pylori bakteriyasi bilan kasallangan. Ammo ko‘p hollarda bu sog‘liqqa jiddiy taʼsir qilmaydi. Oshqozon yarasi infeksiyalanganlarning atigi 10-15 foizida rivojlanadi.

    2. Bir qancha og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilish

    Maʼlumki, steroid (yuqori biologik faollikka ega preparatlar) bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilar (NSAID) oshqozon yarasi paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, masalan:

    • Aspirin. Tabletkalar himoya qobig‘i bilan qoplangan bo‘lsa ham va oshqozondan tashqarida eriydi.
    • Ibuprofenga asoslangan vositalar.
    • Diklofenak natriyga asoslangan preparatlar.
    • Naproksenga asoslangan og‘riq qoldiruvchi vositalar.
    • Baʼzi retseptlar bo‘yicha NSAIDlar.

    Paratsetamolga asoslangan vositalar steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi preparatlarga tegishli emas va ular oshqozonning himoya qatlamiga zarar yetkazmaydi.

    Shuni taʼkidlash kerakki, NSAIDlarni qabul qilganlarning hammasi ham oshqozon yarasini rivojlantirmaydi. Og‘riq qoldiruvchi vositalar allaqachon Helicobacter pylori bakteriyasi bilan kasallangan oshqozonga kirsa, xavf ortadi. Shuningdek, steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilarni qabul qilish ikki hissa xavfli bo‘lishi mumkin, agar:

    • Ko‘rsatmalarga rioya qilmagan holda, og‘riq qoldiruvchi vositalarni nazoratsiz ravishda ichsangiz, dozani oshirsangiz.
    • NSAIDlarni ketma-ket bir necha kun mobaynida qabul qilsangiz.
    • 70 yoshdan oshgan bo‘lsangiz.
    • Kortikosteroidlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz. Bunday preparatlar astma, artritlar uchun buyuriladi.
    • Sizga bir marta oshqozon yarasi tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa.

    3. Turmush tarzining ayrim omillari

    Ilgari qabul qilingan achchiq ovqatlar, qahva, spirtli ichimliklar va stress oshqozonning himoya qatlamini yupqalashtiradi, degan qarash bor edi. Ammo bu uchun yetarli dalillar mavjud emas.

    Ko‘proq tasdiqlangan zararli omil — chekish oshqozon yarasining shakllanishiga olib kelishi va davolash samaradorligini kamaytirishi mumkin.

    4. Boshqa sabablar

    Kamdan kam hollarda oshqozon yarasi quyidagi kasallik va holatlar fonida paydo bo‘lishi mumkin:

    • Og‘ir yuqumli kasalliklar;
    • Qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti;
    • Baʼzi dori-darmonlarni qabul qilish, masalan, steroidlar;
    • Zollinger-Ellison sindromi deb ataluvchi kam uchraydigan kasallik bo‘lib, unda kislota hosil qiluvchi hujayralarda o‘sma (gastrinoma) paydo bo‘ladi.

    Xavfli oshqozon yarasi nima?

    Baʼzan — hech narsa. Agar oshqozon yarasi kichik bo‘lsa, organizm o‘z-o‘zidan uni yengadi. Oshqozon shilliq qavatidagi yara bitadi va ovqat hazm qilish tizimi normal ishlashini davom ettiradi.

    Lekin bu har doim ham shunday yakun topmaydi. Baʼzi hollarda yara kengayib boradi, chuqurlashadi. Vaqtida davolamasa, qon tomirlarga yetib borishi mumkin. Bu hol ko‘p qon yo‘qotish bilan birga ichki qon ketishiga olib keladi.

    Yana bir noxush asorat yaraning chuqurlashib borishi bilan yuzaga keladi. Paydo bo‘lgan teshik orqali oshqozon yoki ichak tarkibi qorin bo‘shlig‘iga o‘tadi va bu peritonitga olib keladi. Qorin bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi, o‘z vaqtida to‘xtatilmasa, qon zaharlanishiga, muhim organlarning ishlamay qolishiga va to‘satdan o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin.

    Tibbiy ko‘riksiz sizning holatingizda voqealar qanday rivojlanishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Shuning uchun oshqozon yarasi belgilarini bilish juda muhim, ular paydo bo‘lsa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qiling.

    Oshqozon yarasining belgilari qanday va qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

    Baʼzan hech qanday alomat sezilmaydi. Ammo ko‘pincha oshqozon yarasi xarakterli belgilar sifatida namoyon bo‘ladi.

    • Qorinning yuqori markaziy qismida yonuvchan, kesuvchan og‘riq turadi. Bu och qoringa, ayniqsa, aniq namoyon bo‘ladi.
    • Og‘riq ovqatdan keyin yoki dori-darmonlarni qabul qilgandan keyin kamayadi.
    • Ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish muntazam ravishda sodir bo‘ladi.
    • Jig‘ildon qaynashi kuzatiladi.

    Agar ushbu alomatlardan kamida ikkitasini his qilsangiz, iloji boricha tezroq umumiy amaliyot shifokori yoki gastroenterologga murojaat qiling.

    Oshqozon yarasining asorati belgilari bo‘lsa ham tez yordam chaqiring:

    • Qon aralash yoki to‘q jigarrang quyuq ko‘rinishda qusish;
    • Qorin bo‘shlig‘ida to‘satdan o‘tkir og‘riq kuchayishi.

    Oshqozon yarasini qanday davolash mumkin?

    Davo choralari yaraning paydo bo‘lishiga aniq nima sabab bo‘lganiga bog‘liq bo‘ladi. Agar shifokorning ko‘rsatmalariga qatʼiy rioya qilsangiz, bir yoki ikki oy ichida oshqozon yarasidan xalos bo‘lasiz.

    Davolash uchun sizga quyidagilar buyurilishi mumkin:

    • Antibiotiklar. Bunday dorilar agar oshqozonning himoya qatlami bakterial infeksiyadan zarar ko‘rgan bo‘lsa buyuriladi.
    • Oshqozonda kislota ishlab chiqarishni kamaytiradigan dorilar.
    • Antatsidlar, ularning vazifasi oshqozonning kislotaliligini kamaytirish, yaʼni meʼda shirasini zararsizlantirishdir.
    • Himoya uskunalari. Qabul qilinganda ular yarani himoya qatlami bilan qoplaydi, yaʼni ular suyuq bandajning bir turi bo‘lib xizmat qiladi.
    • Agar yaradan qon ketsa, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish zarur bo‘ladi. Shifokorlar oshqozonga maxsus zond kiritadilar va undan qon ketishini to‘xtatish uchun yaraning chetlarini qisish yoki kuydirish uchun foydalanadilar.

    Oshqozon yarasini oldini olish uchun nima qilish kerak?

    Yara aniq paydo bo‘lmasligiga kafolat berib bo‘lmaydi. Ammo xavflarni kamaytirishning bir necha usullari bor:

    • Zarurat bo‘lmasa, og‘riq qoldiruvchi vosita (NSAID)larni qabul qilishdan saqlaning.
    • Haroratni pasaytirish yoki og‘riqni kamaytirish lozim bo‘lsa, NSAIDlarning eng past samarali dozasini tanlang. Bularning barchasi yo‘riqnomalarda yozilgan bo‘ladi.
    • Og‘riq qoldiruvchi vosita (NSAID)larni ovqat bilan bir vaqtda iching.
    • Terapevt bilan qaysi og‘riq qoldiruvchi vosita siz uchun eng xavfsiz ekanini muhokama qiling. Steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilarning muqobilini topishingiz mumkin.
    • Chekishni tashlang va spirtli ichimliklarni isteʼmolini cheklang.

    Mavzuga doir:

    • Jig‘ildon qaynashi organizmdagi qanday kasalliklardan ogohlantiradi?
    • Og‘izdagi nordon ta’m nimadan? Undan qanday xalos bo‘lish mumkin?
    • Jig‘ildon qaynashini e’tiborsiz qoldirmaslik uchun 5 ta jiddiy sabab
    20.02.2023, 21:45   Izoh (0)   112169
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fastfudlarni muntazam iste’mol qilish organizmga qanday taʼsir qiladi?

    20.02.2023, 11:46

    Tabletka o‘rniga dorivor o‘simliklardan tayyorlangan choy: qon bosimni tushiradi, metabolizmni yaxshilaydi

    19.02.2023, 15:23

    Kuniga atigi 15 daqiqa arqonda sakrab ozish mumkinligini bilasizmi?

    19.02.2023, 09:56

    Faqat yurak emas: ko‘krak sohasidagi og‘riq salomatlikdagi qanday muammolardan darak beradi?

    17.02.2023, 20:40

    Ichimizdagi dushman: ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga xalaqit beradigan uydagi 5 ta narsa

    16.02.2023, 19:55

    “Vitaminlar qiroli” deb taʼriflanadigan D vitamini nimasi bilan muhim? 

    16.02.2023, 16:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolgani sabab vafot etdi

    O‘zbekiston | 31 may, 15:09

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.