O‘zbekistonga yanvar oyida davolanish maqsadida eng ko‘p qaysi davlat aholisi kelgani maʼlum bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida 5 ming nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Davolanish maqsadida eng ko‘p — 3,5 ming nafar tojikistonlik O‘zbekistonga kelgan. Shuningdek:
- Qozog‘iston – 800 kishi;
- Qirg‘iziston – 500 kishi;
- Rossiya – 100 kishi.
Boshqa davlatlardan esa yuzga yaqin davolanishni istaganlar O‘zbekistonning turli hududlariga borgan.
Izoh (0)