Surxondaryoda to‘rt tup o‘suvchan katta yoshli Chinor kesib ketilgan. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligining Surxondaryo bo‘limi axborot xizmati xabar bermoqda.
Unda aytilishicha, joriy yilning 21-yanvar kuni Qiziriq tumani “Bog‘bonlar yurti” mahallasida istiqomat qiluvchi bir fuqarodan daraxtlar kesilayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Holat o‘rganilganda daraxt kesganlar o‘simlik dunyosiga 216 mln so‘m miqdorida zarar yetkazgani maʼlum bo‘lgan.
“Hozirda ushbu ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga o‘tkazildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)