Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,03 so‘mga tushib, 11 353,95 so‘mni tashkil qildi. Yevro 44,51 so‘mga pastlab, 12 149,86 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,02 so‘mga pastlab, 151,96 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, 11 368,98 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi pastlagandi.
Izoh (0)