Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida tungi xizmatga jalb etilgan mahalla noziri begona ayol bilan qo‘lga tushdi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimi begona ayol bilan qo‘lga tushgani aytilgan video tarqaldi. Mazkur mahallada yashovchilar holatni videoga olib, ularni “samosud” qilishga uringan. Shu vaqt xodim mashinada ketib qolgan.
Viloyat IIB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu tasvirlarda 2023-yilning 15-fevralida tungi xizmatga jalb etilgan Jizzax viloyati G‘allaorol tumani IIB 2-sonli IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika katta inspektori J.X. aks etgan.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Barcha ishtirokchilarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Izoh (0)