• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo kundaligi”da 16-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    Daryo” nashri 16-fevralda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e‘tiboringizga havola etadi.

    Rossiyaning Ukrainaga aralash hujumidan maqsadlari

    16-fevralga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga raketa va uchuvchisiz uchoqlar yordamida “aralash hujum” uyushtirdi. Bu haqda Ukrainaning “Janub” Qurolli kuchlari operativ qo‘mondonligi matbuot kotibi Natalya Gumenyuk ma’lum qildi.

    Xususan, Gumenyakning so‘zlariga ko‘ra, rus qo‘shinlari sakkizta “Kalibr” raketasini uchirgan. Barcha raketalar — oltitasi Nikolayev viloyati, ikkitasi Xerson viloyati ustida urib tushirilgan.

    “Afsuski, shu bilan bir qatorda dushman mag‘lubiyatning boshqa usullarini ham qo‘lladi – bu aralash hujum edi, xususan, dron va strategik samolyotlar yordamida amalga oshirildi. Lvov viloyatida zarbalar ayrim nishonlarga teggan”, — dedi u.

    Ukraina prezident ofisining rahbari Andrey Yermak Rossiya qo‘shinlari “taktikasini biroz o‘zgartirganini” aytdi. “Ular soxta nishonlardan foydalangan holda faol razvedka ishlarini olib bormoqda”, — deb yozgan Yermak Telegram’da. 

    Yermakning so‘zlariga ko‘ra, hujumdan  boshqa hududlar ham jabr ko‘rgan. Xususan “Ukrainaning shimoli, g‘arbiy qismi, shuningdek, Dneprbo‘yi va Kirovograd viloyatlariga zarbalar berilgan.

    Ukrainadagi bosqinda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etmayotgan Belarus. Lukashenko Putin bilan uchrashadi

    Minsk agar Belarusga qarshi tajovuz sodir etilsagina harbiy harakatlarda qatnashishga tayyor. Bu haqda 16-fevral kuni respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

    “Men hozircha faqat bir holatda rossiyaliklar bilan birga Belarus hududidan turib jang qilishga tayyorman: agar u yerdan (Ukrainadan) bir nafar bo‘lsa ham askar mening xalqimni o‘ldirish uchun Belarus hududiga qadam bossa. Agar ular Belarusga qarshi tajovuz qilsa, javob eng og‘ir bo‘ladi, urush esa butunlay boshqacha tus oladi”, — dedi Lukashenko.

    Uning aniqlik kiritishicha, bu shart nafaqat Ukrainaga, balki “boshqa qo‘shnilarga” ham tegishli.

    Belarus Rossiyaning Ukrainadagi bosqiniga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etmayapti, Belarus armiyasi Ukraina hududiga kirmagan. Urushni tadqiq qilish instituti (ISW) tahlilchilari xulosasiga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko, katta ehtimol bilan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi urushda qatnashish taklifini rad etgan.

    Shuningdek, jurnalistlar bilan uchrashuvda  Lukashenko ertaga, 17-fevral kuni Putin bilan uchrashishini ma’lum qildi.

    Janubiy Koreya o‘zining rasmiy hujjatida  Shimoliy Koreyani dushman deb atadi, Yaponiya bilan qadriyatlar birlashtiriladimi?

    Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi 2022-yilgi mudofaa bo‘yicha Oq kitobida Shimoliy Koreya rejimi va harbiy kuchlarini so‘nggi olti yil ichida birinchi marta “dushman” deb atadi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar beradi.

    “Chunki Shimol hukmron partiya Markaziy qo‘mitasining 2022-yil dekabrida bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida bizni shubhasiz dushman deb belgilagan va o‘z yadroviy dasturidan voz kechmagan holda harbiy tahdid tug‘dirishda davom etmoqda, Shimoliy Koreya rejimi va harbiylari — bu tahdid ijrochilari — bizning dushmanlarimizdir”, — deya hujjatdan iqtibos keltirgan agentlik.

    Shimoliy Koreya armiyasi birinchi marta 1995-yilda Janubiy Koreya mudofaa siyosati hujjatida “dushman” deb belgilangandi. 2004-yilgi versiyada “dushman” iborasi, murosa fonida “to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy tahdid” bilan almashtirildi.

    Keyinchalik 2018 va 2020-yillarda Shimol bilan yarashishga intilgan prezident Mun Chje In davrida bu nom rasmiy qaydlardan olib tashlangan edi. Oq kitob Janubiy Koreya Milliy Mudofaa vazirligining rasmiy hujjatidir. U har ikki yilda bir marta nashr etiladi va mamlakatning harbiy siyosati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

    Oq kitobda Yaponiya 2018-yildan beri birinchi marta “yaqin qo‘shni” nomini oldi. “Koreya Respublikasi va Yaponiya qadriyatlarni birlashtirmoqda.

    Dovondagi qor ko‘chkisi bo‘yicha rasmiy  ma‘lumot berildi

    Qamchiq dovonida qor ko‘chkisi sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi. 

    Xabarga ko‘ra, voqea Toshkent–O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoniga to‘g‘ri keladigan qismida sodir bo‘lgan.

    15-fevral kuni soat 22:40 da yo‘nalishning yuqorida aytilgan qismida hajmi 1300 metr kub bo‘lgan qor ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Qor massasining bir qismi yo‘lga tushgan. 

    Qayd etilishicha, ushbu hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari yo‘lni qor massasidan  tozalashgan.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati dovon yopilgani sababli Ohangaron—Angren—Andijon qo‘shimcha temiryo‘l reysi amalga oshirilganini maʼlum qildi.

    16.02.2023, 23:58   Izoh (0)   7402
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina milliy xavfsizligi Putinning “B rejasi” haqida ma’lumot berdi 

    16.02.2023, 23:12

    Rossiya Janubiy Sudanga yashirincha qurollar sotmoqda — OAV

    16.02.2023, 22:00

    Yerni uch kunlik kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi  

    16.02.2023, 20:35

    “Vagner” qurboni: Rossiyadan Ukrainadagi urushga yollangan qirg‘izistonlik erkak halok bo‘ldi 

    16.02.2023, 20:20

    “Vagner” safida Ukrainada jang qilgan samarqandlik ikki yigit O‘zbekistonda dafn etildi 

    16.02.2023, 20:00

    Ukraina Italiyadan yadroviy va kimyoviy qurollardan himoya vositalari so‘radi

    16.02.2023, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ozarbayjonda Rossiyaning barcha madaniy tadbirlari bekor qilindi

    Dunyo | 29 iyun, 18:10

    Eron: Isroilning qamoqxonaga hujumida 71 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 29 iyun, 17:30

    Shavkat Mirziyoyev turkman xalqi milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 17:00

    “Diplomga qiziqish kamayishi tabiiy hol” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov abituriyentlar soni nega qisqarayotgani haqida

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:46

    Luis Enrike tarixdagi eng zo‘r futbolchi nomini aytdi

    Sport | 29 iyun, 16:31

    Yahudiy davlati G‘azoda 81 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 29 iyun, 16:30

    MAGATE: Eron bir necha oy ichida uranni boyitishni yana boshlashi mumkin

    Dunyo | 29 iyun, 16:15

    Ortiqcha yo‘l belgilari, sifatsiz yo‘laklar: O‘zbekiston avtomobil yo‘llaridagi xavfsizlik o‘rganildi

    O‘zbekiston | 29 iyun, 16:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.