• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Texnologiya rivojida navbatdagi muhim qadam – UzAuto Motors O‘zbekistonda Chevrolet Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodida mahalliy butlovchi qismlarni ishlab chiqarishning murakkab tizimi asosida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi bosqichi Chevrolet Onix avtomobili ommaviy ishlab chiqarilishining tantanali ravishda ishga tushirilgani bilan nishonlandi.

    Bugungi kunda UzAuto Motors eng zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarmoqda. Ulardan biri Chevrolet Onix avtomobilidir. Yangi avtomobil modelining ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish uchun 5 mingdan ortiq injenerlar jalb qilingan bo‘lib, ularning bir qismi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilaridir. Ular Chevrolet Onix avtomobili uchun O‘zbekistondagi 200 dan ortiq korxonada 1 500 dona detallarning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yishdi.

    Yangi Onix Chevrolet Tracker kabi GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 427,6 mln dollar miqdorida investitsiyalar kiritildi. Korxonalarning injenerlik salohiyati va texnik jihozlanishi Chevrolet Onix avtomobilini 50 foizgacha mahalliylashtirishga imkon berdi, yil oxiriga qadar esa 70 foizga yetkaziladi.

    O‘zbekistonda Onix avtomobilini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan mahalliylashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali 12 ta yangi loyiha amalga oshirildi. Shu jumladan, umumiy qiymati 312 mln dollar bo‘lgan yangi zavodlar bunyod etildi va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish liniyalari ishga turishildi. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi 4,5 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini berdi.

    UzAuto Motors Powertrain korxonasida avtomobillarning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan dvigatellar mahalliylashtirildi. Buning natijasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun mahalliylashtirish darajasining umumiy foizi oshiriladi. Yuqori bosimli alyuminiy silindrli bloklarni ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyasidan foydalangan holda CSS Prime dvigatellarining innovatsion oilasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish dvigatelni yaxshiroq issiqlik uzatish va ekologik tozalik bilan taʼminlaydi. Ushbu dvigatellarning o‘ziga xos xususiyati bu uning uchli texnologiyalashtirilganligi, yoqilg‘i sarfining tejamkorligi va turbinalarga ega ekanligidir. Mahalliy mutaxassislarnining jalb qilinishi va kapital xarajatlarni ishlab chiqarish liniyasi uskunalarini sotib olish uchun optimallashtirish orqali loyiha qiymatini qariyb 20 million dollarga yaqin kamaytirishga erishildi.

    Andijon viloyatida noldan boshlab qurilgan yangi Kova Foundry quyuv zavodida zavodida temir quyish qismlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxonada yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish maqsadida sanoat uchun eng ilg‘or va yangi texnologiyalar, shu jumladan, metallni qayta ishlashning barcha sikllari: eritish, quyish, qoliplash va yuqori aniqlikda ishlov berish joriy etildi. Yiliga 18 ming tonna quvvatga ega korxona xomashyoning qo‘shilgan qiymatini 10 baravargacha oshiradi va hamda 21 million dollar ehtiyot qismlar importi o‘rnini bosadi.

    UzAuto tuzilmasi korxonalarida mahalliylashtirish dasturi doirasida zamonaviy dvigatel sovutish tizimiga ega radiatorlar, avtomobillarni boshqarish funktsiyalariga ega ko‘p funktsiyali rul va xavfsizlik yostiqchasi, shuningdek, faqatgina 3 ta jahon ishlab chiqaruvchilari tomonidan qo‘llaniladigan noyob texnologiyadan foydalangan holda zamonaviy va xavfsiz plastik gaz baklari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, UzKoram-Co MCHJ korxonasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun yon oynalar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

    Bundan tashqari, birinchi marta zamonaviy usulda plastik va kauchuk qismlarni, shu jumladan, ekstruziya (texnologik jarayon – bosim ostida quyishning bir turi) usulidan foydalangan holda ishlab chiqarish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, plastmass qismlarni ultratovushli payvandlash va plastmassani bosim ostida ikki komponentli quyish yo‘lga qo‘yilgani, bu esa yuqori germetik ko‘rsatkichga va zarba yoki vibratsiya taʼsirini yutish imkonini beradi.

    Modernizatsiya kuzov qismlarini issiq shtamplash yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayoniga ham taʼsir ko‘rsatdi. UzSungwoo zavodida issiq shtamplash yo‘li bilan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan to‘liq avtomatlashtirilgan metallni qayta ishlash sexining tashkil etilishi Chevrolet Tracker va Onix modellari uchun 214.5 mlrd so‘mga yaqin import o‘rnini bosuvchi 20 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirish imkonini berdi.

    Eng yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan yangi UzSungwoo metallni issiq qayta ishlov berish liniyasi dunyoning yetakchi yetkazib beruvchilarining metallni kesish, issiq presslash va lazerli kesish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, 2,4 million dona metall buyumlar ishlab chiqarishni taʼminlaydi hamda zarur uskunalar sonini 5 barobargacha kamaytirish orqali investitsiyalarni tejaydi.

    “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umrzakov so‘zlagan nuqtida – “Bunday texnologik mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishi, albatta, O‘zbekistonda yuqori malakali mutaxassislarni shakllantiradi. UzAuto tuzilmasidagi korxonalarda ishlab chiqarish va boshqaruvning yuqori madaniyati nafaqat avtomobilsozlik va boshqa ko‘plab turdosh tarmoqlar rivojiga yangi turtki beradi” – deb alohida keltirdi.

    Innovatsion ishlab chiqarish texnologiyalarining joriy etilishi Asakadagi UzAuto Motors zavodining ishlab chiqarish quvvatlariga ham taʼsir ko‘rsatdi. Asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalariga tashqari, kompaniya qo‘shimcha ravishda lazerli payvandlash jarayonini yo‘lga qo‘ydi, bu boshqa payvandlash usullari bilan solishtirganda, yuqori aniqlik, korroziyaga chidamlilik va payvandlash kuchini oshirdi, shuningdek, ishlab chiqarishda estetika, yuqori darajadagi energiya tejash va atrof-muhitni muhofaza qilishda yuqori aniqlikka ega.

    Amalga oshirilgan loyihalar O‘zbekiston avtosanoatini yanada rivojlantirish va avtomobil ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 ming donaga yetkazish uchun barcha sharoitlarni yaratdi.

    Chevrolet Onix – eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobil. O‘zbekistonda ishlab chiqarilishidan ancha oldin mashhur bo‘lgan barcha kutgan avtomobil. Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy interyer hamda qulaylik va xavfsizlik uchun barcha zarur opsiyalarni o‘zida mujassamlashtiradi.

    Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:

    • 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;
    • 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pog‘onalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
    • Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yo‘lda 4,7 l sarflaydi.

    Zamonaviy dizayn

    Avtomobil zamonaviy dizayn va qulaylik bilan birga xavfsizlik bo‘yicha eng ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni ham taqdim etadi. 5 o‘rindiqli ushbu sedan sayohatlar uchun xoh u oilaviy xoh do‘stlar orasida yoki xizmat safari bilan shaylangan xodim bo‘lsin umuman, barcha-barcha uchun ham birdek ideal. Chevrolet Malibu avtomobili bilan o‘xshashligi yuqori toifadagi avtomobillardan qolishmaydigan mustahkam va zamonaviy tashqi ko‘rinish beradi.

    Futuristik yoritish texnikasi yon atrofdagilarning eʼtiborini jalb etadi. Bu hech bir avtomobil ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi.

    Kuzovdagi gorizontal chiziqlar avtomobilning zamonaviy dizayn uslubiga ega ekanligiga urg‘u beradi. Ular diod optika yorug‘lik elementlari bilan birgalikda avtomobilga yorqin va taniqli ko‘rinish beradi, mukammal ishlangan kunduzgi diod optikasi esa Onixni kecha-yu kunduz ko‘zga tashlanadigan qiladi.

    Texnologik interyer

    Chevrolet Onix interyeridagi chiziqlar va yorqin elementlar avtomobilning sig‘imliligini taʼkidlaydi. Va kenglik hissini yaratadi, buning barchasiga avtomobilning keng platformasi orqali erishiladi.

    Ergonomik asboblar paneli ko‘rinishni yaxshilaydi va yengillik hissini beradi.

    Displey avtomobilning yuqori texnologiyali dizaynining markaziy qismidir, intuitiv 8 dyuymli axborot-ko‘ngilochar tizimi esa yuqori darajadagi premium va qulay boshqarishni qo‘shadi.

    Qulay va oson boshqarish

    Chevrolet Onix boshqarishni qulay va zavqli qiladigan barcha detallarga ega.

    4LT komplektatsiyasida bazaviy opsiyalaridan tashqari avtomobilga kalitsiz kirish smart kalit (key) va yoqish START/STOP tizimi, kruiz kontrol bilan taʼminlangan.

    Avtomobil isitish tizimiga ega charm qoplamali rul va yuqori sifatli mato qoplamali sport uslubidagi o‘rindiqlar bilan jihozlangan, shuningdek salonda simsiz quvvatlash tizimi mavjud.

    LS komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalar Bluetooth va Hands-Free hamda 8 dyuymli sensor displeyga ega rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.

    Avtomobilning soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalari signalizatsiya, konditsioner, rul kalonkasini yuqoriga va pastga hamda uzoq yaqinligini moslashtirish, haydovchi o‘rindig‘ini balandligini sozlash, tezlikni cheklovchi va boshqa bir qator qulaylik uchun zarur bo‘lgan opsiyalarga ega.

    Bundan tashqari, komplektatsiyasiga qarab, avtomobillar tepalikka ko‘tarilishga yordamlashuvchi tizim, faralar o‘chishining kechiktirilishi tizimi (Follow Me Home), to‘xtash tizimi datchiklari (Park-Assist) va bolalar o‘rindig‘ini o‘rnatish tizimi ISOFIX bilan jihozlangan.

    Chevrolet Onix xavfsizligi

    Barcha Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqchasi hamda ABS va ESC (barqarorlikni elektron nazorat qilish) tizimi bilan jihozlangan.

    Top versiyalaridagi kruiz kontrol tizimi optimal boshqaruvni taʼminlaydi, uzoq masofalarga yengil va qulay harakatlanish imkonini beradi, faol xavfsizlik tizimlari baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi va avtomobilning turli yo‘l qismlarida hamisha barqaror turishini taʼminlaydi.

    Bundan tashqari, soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalarda tezlikni cheklovchi va shinalar bosimining monitoring tizimi mavjud.

    2023-yilda Chevrolet Onix Premium avtomobilidagi qo‘shimcha optsiyalar:

    •  klimat kontrol;
    •  yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;
    •  old partroniklar;
    •  ko‘rinishi cheklangan joylar nazorati datchigi;
    •  orqa o‘rindiq isitish tizimi;
    •  lyuk;
    •  to‘liq svetodiod optikasi va orqa gabarit chiroqlar.
    •  salonda haydovchi, old o‘rindiq va orqa o‘rindiq yo‘lovchilar uchun alohida yoritish tizimi;
    •  original dizaynli quyma disklar va boshqalar.

    Reklama huquqi asosida.

    15.02.2023, 18:00   Izoh (0)   11650
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida Beeline aloqasi yo‘lga qo‘yildi

    14.02.2023, 15:00

    Siz hali ham juftingiz uchun munosib sovg‘a topa olmadingizmi?

    14.02.2023, 13:29

    First Development Group kompaniyasi mutaxassislari, kompaniya tomonidan qurilayotgan turar joy majmualarining qurilishi jarayonida antiseysmik meʼyorlariga qanday

    14.02.2023, 09:05

    Kogon “KS-1” kompressor stansiyasida ishlar qizg‘in davom etmoqda

    13.02.2023, 19:00

     Uztelecom eSIM’ni ulashda 2 GB mobil internet-trafik beradi

    13.02.2023, 10:33

    Global Textile kompaniyalar guruhi rahbari Muzaffar Razzoqov bilan intervyu  

    11.02.2023, 09:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.