• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSH prezidenti Ruzveltga uyushtirilgan suiqasd, Pentagon kompyuterlarini buzib kirgan birinchi xakerning qo‘lga olinishi va Chelyabinskda portlagan meteorit. Kun xronologiyasida 15-fevral

    15-fevral sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan AQSH prezidenti Ruzveltga uyushtirilgan suiqasd, Pentagon kompyuterlari tarmog‘ini buzib kirgan birinchi xakerning qo‘lga olinishi hamda Chelyabinskda portlagan meteoritga oid faktlar o‘rin olgan.

    AQSH prezidenti Ruzveltga uyushtirilgan suiqasd

    1933-yil 15-fevral kuni Juzeppe Dzangara ismli ishsiz usta AQSH prezidenti Franklin Delano Ruzveltga suiqasd uyushtirishga uringan edi. Asli Mayamida yashagan erkak prezident va Chikago meri Anton Chermak nutq so‘zlayotgan Beyfront parkka yo‘l olgan. 32-kalibrli pistolet bilan qurollangan Juzeppe siyosatchilarni olqishlayotgan olamonga qo‘shilib olgan. Bog‘ga kortej kirib, prezident limuzining eshiklari ochilgan vaqtda Dzangara bitta mashina tomon o‘q uzgan va avtomobildan tushayotgan Anton Chermakning qornidan yaralagan.

    Foto: AP Photo

    Olamon ichida bo‘lgan Lilian Kross jinoyatchining qo‘lidan mahkam ushlagan, ammo tutqindan chiqish maqsadida Juzeppe yana to‘rt marotaba o‘q uzadi. Oqibatda atrofdagi to‘rt nafar jurnalist yengil jarohat olgan. Hodisa joyiga yugurib kelgan politsiya xodimlari erkakni olib ketadi.

    Qotilning kiyimidan anarxist Leon Cholgosh tomonidan 1901-yilda prezident Makkinlining o‘ldirilishi haqidagi xabar yozilgan gazeta bo‘lagi topilgan va politsiya xodimlarining aytishicha, suiqasd uyushtirgan shaxs “har bir prezidentni o‘ldiraman” degan. Anton Chermak Chikago merligiga yaqindagina saylangan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u yo‘lda ketayotganida Ruzveltga “sizning o‘rningizda men bo‘lganimdan xursandman”, degan. Chermak oradan uch hafta o‘tgach, 6-mart kuni vafot etgan.

    So‘roqlar davomida Juzeppe Dzangara prezident Ruzveltni kapitalistlarga bo‘lgan nafrati sabab o‘ldirmoqchi bo‘lganini ma’lum qilgan. Ikki haftadan keyin birinchi sud o‘tkazilgan va unda barcha aybni bo‘yniga olgan Juzeppe Dzangara 80 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. “Iltimos, sudya janoblari xasislik qilmang, 80 emas, 100 yil tayinlang!”, — degan edi u so‘ngso‘z o‘rnida.

    Franklin Delano Ruzvelt
    Foto: AP Photo

    Dzangara yarador mer Chermak vafot etishidan oldin qamoqqa ko‘chirilgandi. Jinoyatchiga nisbatan tergov davlat xizmatida bo‘lgan shaxsni o‘ldirish ayblovi bilan yana qayta ochilgan. 1933-yil 10-mart kuni Juzeppe Dzangara yana barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilgan va federal sud uni elektr stulida qatl etishga hukm chiqargan. “Siz meni o‘lim jazosiga hukm etmoqdasiz, men o‘limdan qo‘rqmayman, siz men kurashgan kapitalistlardan birisiz, menga baribir”, — degan bu safar qotil.

    Suddan keyin Dzangara hukm ijro etilishi Florida State Prison qamoqxonasining yolg‘iz kamerasida kuta boshlagan. 10 kundan keyin hukm o‘qilgan va u elektr stuliga o‘tqizilgan.

    Foto: AP Photo

    Erkakni qotillikka aynan nima undagani ma’lum emas, ammo ayrim tarixchilarning taxminicha, Dzangara Chikagodagi kriminal olam yetakchisi, Al Kaponening hamtovog‘i Frenk Nittining qo‘lida ishlagan. O‘ldirilgan shahar meri Anton Chermak esa uning faoliyatiga to‘sqinlik qilib kelgan. Shuningdek, yana bir taxminda keltirilishicha, Chermak Dzangaraning yagona nishoni bo‘lgan. Rasmiy versiyada esa Dzangara Ruzveltga ruhiy kasalligi sabab o‘q uzgani aytiladi.

    Pentagon kompyuterlar tarmog‘ini buzib kirgan birinchi xakerning hibsga olinishi

    1995-yil AQSHda Pentagon kompyuter tarmog‘ini buzib kirgan xaker Kevin Mitnik hibsga olingan edi. Oradan bir necha yil o‘tgach u dunyoda birinchi bo‘lib qamoq jazosiga hukm etilgan xakerga aylangan. Mitnik tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan va 23 ta band bo‘yicha o‘z aybini tan olgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Mitnik — deyarli Gollivud biografiyasiga ega xaker. Qashshoq oilada dunyoga kelgan bola maktabning boshlang‘ich sinfida o‘qib yurganidayoq avtobus chiptalarini qalbakilashtirishni o‘rgangan, 12 yoshlida avtomat telefon stansiyalarini aldagan va xalqaro telefon aloqalaridan bepul foydalanib kelgan. 16 yoshida Mitnik baholarini to‘g‘rilash uchun emas, balki shunchaki qiziqish maqsadida maktab tarmog‘ini buzib kirgan.

    Keyinroq Kevin Los-Anjelesdagi Kompyuter markaziga o‘qishga yo‘l oladi va bu davrda do‘stlari bilan ko‘ngilxushlik maqsadida kompyuter hamda telefon tarmoqlarini muntazam buzib kelgan. Do‘stlaridan biri “ishonchli” chiqmagan va u Mitnikni Federal xavfsizlik xizmati xodimlariga sotib qo‘ygan. 17 yoshli sarguzasht ixlosmandi shartli jazo bilan qutulgan.

    Mitnikning noqonuniy harakatlari bu bilan tugab qolmagan, 1982-yilda u Pentagon hamda Kolorado shtati havo hujumidan mudofaa harbiy qismi tarmog‘ini buzishga muvaffaq bo‘ladi. Keyinroq u Janubiy Karolina universiteti serverlariga kirib, ular orqali Digital Equipment kompyuter kompaniyasi tarmoqlarini “kuzatgan”. Kevin kompyuter kompaniyaning yangi operatsion tizimi versiyasini ko‘chirib olib, unga foydalanuvchilarning xatti-harakatlari haqida ma’lumot beradigan virusni joylagan va dasturni yana kompaniya tarmog‘iga yuklab qo‘ygan. Ammo bu safar ham do‘stlaridan biri sotib qo‘ygani bois, huquq-tartibot idoralari xodimlari uni olib ketishgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Operatsion tizimni yuklab olgani uchun u qamoqqa yuborilgan va jazo muddatining 8 oyida Kevin bir kishilik kamerada o‘tirgan. Biroq Mitnik ozodlikka chiqqanidan keyin uning sudlangani to‘g‘risidagi barcha materiallar huquq-tartibot organlarining kompyuteridan o‘chib ketgan, uning ishini ko‘rib chiqqan sudyaning bank hisobraqamidagi pullar esa “yo‘qolib qolgan”.

    Vaqt o‘tgan sari Mitnik tajriba ottirib borgan, u hatto “antixakerlar” kompyuterlarini ham nishonga olgan — 1994-yilda u kompyuter xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Sutomu Shimomuraning kompyuterini buzib kirgan. Shimomura qandaydir xatolik borligini birdaniga sezmagan, ammo uning kompyuterida xavfsizlik tizimi bor edi, shu orqali u Mitnikka “ov boshlagan”. Shimomura FQB xodimlari bilan hamkorlikni boshlaganidan keyin Mitnik 1995-yil 15-fevral kuni hibsga olingan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Mitnikning boshi shu qadar g‘alvaga kirib qolgandiki, u yana to‘rt yil qamoqda o‘tiradi. Xakerning panjara ortida qolishini uzaytirish uchun har safar yangidan yangi ayblovlar topilavergan. 2000-yilda Mitnik ozodlikka chiqqan va faoliyatini to‘liq qonuniylashtirgan — eng xavfli kompyuter buzg‘unchisidan u xakerlarga qarshi kurashchiga va axborot xavfsizligi bo‘yicha konsultantga aylangan, ko‘plab kitoblar yozgan.

    Chelyabinskda portlagan meteorit

    2013-yil 15-fevral kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyatiga meteoritlar yomg‘iri yoqqandi. Mahalliy vaqt bilan soat 09:20 da Yerdan 30-50 kilometr balandlikda meteorit portlaydi. Portlash to‘lqini atrofdagi uylar, shifoxonalar, bog‘cha va maktablarning derazalarini sindirib yuborgan. Do‘konlarning vitrinalari ham chil-parchin bo‘ladi. Meteorit bo‘laklari turli binolarga shikast yetkazgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Shu kuni mingdan ortiq inson turli tan jarohatlari bilan shifoxonalarga murojaat qilgan bo‘lib, ularning ayrimlari og‘ir ahvolda edi. Viloyat aholisining so‘zlariga ko‘ra, osmonda avvaliga reaktiv somolyotniki kabi iz qolgan, undan keyin portlash yuz bergan va “ko‘zlar qamashib ketgan”.

    “Bog‘chada jismoniy tarbiya darsini o‘tayotgandim va derazadan tashqariga qaraganimda oq chiziqqa ko‘zim tushdi, keyin yorqin chaqnash sodir bo‘ldi. Bolalarga polga yotishlarini aytib baqirdim. Keyin yana 5-6 ta portlash sodir bo‘ldi. Bolalardan biri boshini ko‘targan edi, unga baqirdim, ko‘zlarini yumishlarini aytdim”, — deya eslaydi chelyabinsklik Lyudmila Belkova.

    Guvohlarning aytishicha, portlash to‘lqini juda issiq bo‘lgan. Portlashdan bir necha soat keyin ham odamlar og‘zida metall ta’mi qolgan. Portlash Chelyabinsk ustida sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, u shu qadar yorqin bo‘lganidan Sverdlov va Tyumen viloyatlarida ham ko‘ringan. Meteorit bo‘laklarining bir qismi viloyat uzra sochilib ketgan. Rux zavodiga shikast yetgan — osmon jismi bo‘lagi uning tom qismiga tushib, teshib o‘tgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Chelyabinsk viloyatidagi 7 mingga yaqin ko‘p kvartirali uylar, 740 ta maktab, 290 ta shifoxona, 69 ta madaniyat va sport binolariga zarar yetgan. FVV rahbari Vladimir Puchkov meteorit qulashidan yetgan zararni 500 million rublga baholagandi.

    Meteorit qoldiqlarini qidirishga 20 mingga yaqin qutqaruvchi jalb etilgan. Tez orada uning bo‘laklari topilgan, ikkitasi — Chebarko‘l tumanida, yana bittasi — Zlatoustovskda. Chebarko‘l ko‘li atrofidagi harbiylar diametri 6 metrga teng o‘raga duch kelgan. O‘radagi radiatsiya darajasi normada bo‘lgan. Uning xavfsiz ekanidan xabar topgan mahalliy aholi u tomon oshiqqan.

    Ko‘pchilik esdalik uchun biror bo‘lakni o‘zi bilan olishga qiziqqan, internet auksionlarda meteorit bo‘laklari 100 ming rublgacha narxda sotuvga qo‘yilgan. Osmon jismi bo‘laklarining mamlakatda chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida hatto Rossiya Chegara xizmati jalb etilgan.

    Oradan bir hafta o‘tgach, viloyatdagi aksariyat binolar qayta tiklangan — derazalar qayta o‘rnatilgan, binolar ta’mirlangan. Meteoritning yangi bo‘laklarini topish ishlari esa davom etgan. Dastlabki oyda 3,5 kilogrammga yaqin qoldiqlar topilgan. Ammo eng katta topilma hali oldinda edi.

    2013-yilning kuzida Chebarko‘l ko‘lidan og‘irligi 654 kilogramm keladigan meteorit bo‘lagi olib chiqilgan. Ko‘l tubidan olib chiqish va tortish davomida u bir necha bo‘laklarga bo‘linib ketgan, natijada eng yirik meteorit bo‘lagi 540 kilogrammni tashkil etgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Tahlillar natijasiga ko‘ra, ushbu meteorit oddiy LL5 xondritlar sinfiga kirishi ma’lum bo‘lgan. Izotop tahlillar esa meteoritning yoshi koinot bilan tengligini ko‘rsatgan — 4,56 milliard yil. Chexiyalik olimlarning hisob-kitoblarida keltirilishicha, Chelyabinsk meteoritining portlash quvvati 500 kilotonna trotil ekvivalentiga teng bo‘lgan — bu Xirosimaga tashlangan atom bomba kuchidan 12 barobar ko‘p degani.

    Britaniyalik tadqiqotchilar meteorit uchib kelish vaqtida o‘zining eng yorqin holatiga kirganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan — Quyoshdan 30 barobar yorqin. Bundan tashqari, ularning fikricha, Chelyabinskka qulagan meteorit kabi Yerga potensial xavf tug‘diradigan osmon jismlari aslida kutilganidan 10 barobar ko‘p.

    15.02.2023, 10:27   Izoh (0)   9586
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo kundaligi”da 14-fevral kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar 

    14.02.2023, 22:21

    Rossiyaning Tu-160 raketa tashuvchisi sirlarini biladigan muhandis AQSHga qochib ketdi

    14.02.2023, 21:35

    Shimoliy Koreyada Kim Chen In qiziga adash bo‘lgan qiz va ayollardan ismini o‘zgartirish talab qilinmoqda — OAV

    14.02.2023, 21:12

    “Tolibon” hukumatida ayollarning ta’lim olishi borasida tortishuv yuzaga keldi

    14.02.2023, 20:58

    “Vagner“ nima sababdan Rossiyadagi mahbuslarni urushga yollashni to‘xtatdi?

    14.02.2023, 19:36

    Afg‘onistonda burni va ko‘zi bo‘lmagan chaqaloq tug‘ildi

    14.02.2023, 19:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt Google qidiruvni yo‘q qilmoqda: saytlar trafik, reklama va daromadini yo‘qotmoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 10:20

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00

    Maosh 1000 dollar: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 10:10

    Donald Trampning nabirasi qahvaxonada ishlamoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 09:55

    Isroil mingta ko‘chma boshpana qurish rejasini ma’qulladi

    Dunyo | 21 iyun, 09:50

    Toshkentda fuqaro harakatlanayotgan mashina oynasidan mushukni uloqtirdi (video)

    O‘zbekiston | 21 iyun, 09:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi, “Bavariya” qiyinchilik bilan “Boka Xuniors”ni mag‘lub etdi

    Sport | 21 iyun, 09:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.