• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qiziqqan sohani ertaroq o‘rgana boshlash kerak, alohida fursat yoki universitetga kirishni kutish kerak emas”. AQSHning Yel universitetiga o‘qishga kirgan baxmallik Xosilmurod hikoyasi

    Xosilmurod Abduxoliqov, 2004-yilning 9-may kuni Baxmal tumani, Baxmal qishlog‘ida tug‘ilgan. Uch farzandning to‘ng‘ichi bo‘lgan Xosilmurodning otasi Sharofiddin Siddiqov bog‘bon, Baxmal qishlog‘idagi shaxsiy tomorqasi, bog‘ida mehnat qiladi. Onasi Xosiyat Tangatova tarix fani o‘qituvchisi.

    “Butun qishloqda faqat menda kompyuter bor edi”

    2011-yilda Baxmaldagi 60-sonli o‘rta maktabga qatnashni boshlaganman. Ota-onam doimo o‘qishimni birinchi o‘ringa qo‘yishimni aytib qo‘llab-quvvatlab kelishgan. Bolalikda matematika va aniq fanlarga qiziqishim baland edi. Maktabda ham tengdoshlarimdan “kelajakda kim bo‘lasan?”, deb so‘rashsa aksariyati harbiy bo‘lishini aytsa, men nuqul olim bo‘laman, deganman. Intilishlarim, qiziqishlarimni kuzatgan ota-onam 8 yoshimda menga kompyuter olib berishgan, o‘shanda butun qishloqda faqat menda kompyuter bor edi. Ichidagi o‘yinlarini o‘chirib faqat kerakli dasturlarni qoldirishgani uchun barcha foydali imkoniyatlarini puxta o‘rganib chiqqan edim.

    Xosilmurodning bolaligi. 
    Foto: Xosilmurod Abduxoliqovning shaxsiy arxividan

    “Biz, farzandlari bilan birma-bir ishlab, qanday ehtiyojlarimiz bo‘lsa, barcha narsani muhayyo qilib kelishyapti”

    Shu yoshimgacha qanday yutuqlarga erishayotgan bo‘lsam, barchasida oilaviy muhitimiz, ota-onamning hissalari juda juda katta. Onamning aytishlaricha, ilk marta 4 yoshimdanoq yozish, chizishga qiziqtirganlar, ishdan bo‘sh vaqtlarida o‘zlari mehnat qiladigan maktabga olib borib o‘sha muhitni ko‘rishim uchun harakat qilganlar. Dadam esa matematika yoki gumanitar fanlar bo‘yicha bilimlarini menga ham o‘rgatib kelganlar. Yana bir e’tiborli tomoni, qaysi bir yo‘nalishga qiziqmay, ota-onam ham xuddi shu yo‘nalishni mendan ham ziyodroq qilib o‘rganishga intilishar edi. Masalan, 9-sinfda IT texnologiyalari sohasiga qiziqib, o‘zlashtira boshlagan bo‘lsam, ular YouTube’dagi videolar yoki internetdagi sohaga doir maqolalarni o‘qib, atamalarni tushunishim, chuqurroq o‘rganishim uchun yordam berishar edi. Biz farzandlari bilan birma-bir ishlab, qanday ehtiyojlarimiz bo‘lsa, barcha narsani muhayyo qilib kelishyapti, deb bemalol ayta olaman.

    Onasi va ukasi bilan.
    Foto: Xosilmurod Abduxoliqovning shaxsiy arxividan

    Yel tomon yo‘l

    9-10 sinflarni Do‘stlik tumanidagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida davom ettirganman. Bundan tashqari ingliz tili ko‘nikmalarimni yoz oylarida Toshkentga borib mustahkamlaganman. Til borasidagi qiziqishlarim yillar davomida rivojlanib bordi, desam adashmayman. Birinchi va ikkinchi sinfda ingliz tili mashg‘ulotiga 1 oycha borib, keyin tashladim. Ammo 3-sinfdan 6-sinfgacha muntazam ravishda qarindoshimizning uylariga to‘garakka qatnab, ingliz tilini A2 (pre-intermediate) darajasigacha o‘zlashtirdim. 7-sinfda fan olimpiadasining Jizzax viloyat bosqichida yuqori o‘rinlarni oldim. O‘sha vaqtlarda IELTS hali olmagan bo‘lsam-da, ingliz tili darajam 7 ballga teng edi.

    Foto: Xosilmurod Abduxoliqovning shaxsiy arxividan

    2020-yilda 6 oy mobaynida Toshkent shahridagi PDP akademiyasida IT sohasida dasturlash sirlarini o‘rganib, 8 oy internshipda bo‘ldim, 3-4 ta katta loyihalarda ishtirok etdim. Shunda men haqiqatda ham IT sohasiga qiziqishim baland ekanligi, xorijiy oliy o‘quv yurtlarida kuchimni sinab ko‘rishim zarurligini anglab yetdim.

    Foto: Xosilmurod Abduxoliqovning shaxsiy arxividan

    10-sinfda 2-3 oy tayyorlanib IELTS’dan 7,5 ball oldim. 11-sinfda Toshkent shahridagi Cambridge International College (CIC School) maktabiga 100 foiz grant asosida o‘qishga kirdim. Yoz oyidan boshlab esa Freshman Academy’da (to‘liq yoki qisman qoplanuvchi stipendiya dasturlari asosida chet elning nufuzli oliy o‘quv yurtlariga kirishga tayyorlash akademiyasi) ham onlayn tarzda parallel ravishda o‘qiy boshladim.

    Bu yerda asosan, qisqa qilib aytganda, AQSHga o‘qishga hujjat topshirish uchun ikkinchi bosqich hisoblanadigan SAT imtihoni bo‘yicha o‘qidim. U yerda tengdoshlarim yoki mendan ham kichik yoshdagi IELTS’dan 7-7,5 yoki 8-8,5 ball olgan o‘ta kuchli bolalar ta’lim olar edi. Shuning uchun men ham bunday muhitda yetarlicha kuchli bilim oldim, desam bo‘ladi. 1 yil davomidagi o‘qishda portfolio, loyihalarim, o‘rganganlarimdan so‘ng SAT imtihonidan 1500 natijasini ko‘rsatdim. 2022-yilning dekabrida Yelga qabul qilinganligim haqida xat oldim, quvonchim cheksiz edi.

    Foto: Xosilmurod Abduxoliqovning shaxsiy arxividan

    “Yelni tanlashimga bosh omil bu shu joyning qadriyatlari mening ham qadriyatlarimga mos tushadi”

    “Yelni tanlashimga bosh omil bu shu joyning qadriyatlari mening ham qadriyatlarimga mos tushadi. O‘zim qishloq joydan bo‘lganim uchun sifatli ta’limga ehtiyoji bor yoki potensialini behudaga sarflayotgan tengdoshlarimni ham ko‘rganman. 

    Aynan social impact, ya’ni ijtimoiy ta’sirga urg‘u beradigan oliy ta’lim muassasalaridan biri sanaladi. Bundan tashqari faol, ilmga tashna, dunyoqarashi keng, maqsadlari oliy bo‘lgan yoshlardan iborat muhitga chanqoq edim. Qolaversa Sherzod Shermatov, Umid Usmonov, Rustam Nuriyev kabi vatandoshlarimizga havas qilib ham aynan shu muassasani tanladim.

    Yel universitetining 2000-yildagi bitiruvchisi, O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifidagi uchrashuvdan so‘ng.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Computer science and philosophy, ya’ni kompyuter ilmi va falsafa yo‘nalishini tanlashimga sabablar ko‘p. Kompyuter ilmini azaldan yaxshi ko‘raman, ayniqsa, kod yozishni. Falsafaga qiziqishim esa muhit, makon almashuvi, o‘zimni va milliy o‘zlikni anglash bilan ko‘proq bog‘liq. Keyinroq shu ikki yo‘nalishni bog‘lash mumkinligini bilib qoldim. Masalan, hozir sun’iy intellektni o‘qimoqchi bo‘lsam, kompyuterdagi ong, etika hamda boshqa shu kabi mavzular falsafa bilan uyg‘unlikdagi mavzular ekan. Shuning uchun ham universitetga kirish uchun topshirgan insholarim aynan ular atrofida. Hozirda sun’iy intellekt va falsafaning o‘rtasidagi soha: sun’iy ong, robotlardagi ong, etika kabi yo‘nalishlarga qiziqaman.

    “Google yoki OpenAI kabi katta kompaniyalarda ishlamoqchiman”

    Toshkent shahridagi Cambridge International College (CIC School)dagi 1 yillik o‘qishni tugatib, bugungi kunda Baxmalda yashayapman. Freshman Academy’da ham onlayn o‘qib, ham dars beryapman. Yeldagi o‘qishim boshlanishi oldidan yozda AQSHga ketaman. 

    Foto: Xosilmurod Abduxoliqovning shaxsiy arxividan

    Avvallari oldimga yillik rejalar qo‘yar edim. Biroq falsafani o‘qigach, angladimki, odam qancha uzoq yillarga reja qilsa, shuncha yashash zerikarliroq bo‘lib boraverar ekan. Kelajakda faqatgina dasturchi yoki faylasuf bo‘libgina qolmay har ikki sohani ham birdek o‘rganib, tadqiqot qilib, Google yoki OpenAI kabi katta kompaniyalarda yana ham raqobatbardosh sohalarga kirib borish, bilimlarimni rivojlantirish uchun boshlanishiga sun’iy intellekt va falsafa sohalarining o‘rtasidagi yo‘nalishlarda ishlamoqchiman. Chet elda magistratura va doktoranturani ham o‘qib, tajribamni oshirib, ko‘nikmalarimni kuchaytirib har tomonlama kerakli kadr bo‘lmoqchiman. Qolaversa, mening soham biror makon yoki muhitga bog‘lanib qolmaydigan, masofadan ishlashga imkon beradigan soha. Ammo hozirda aniq bir rejalarim tayyor, deb ayta olmayman. Hozircha O‘zbekistonga qaytib oilam, yaqinlarim davrasida yashab onlayn ishlayman, degan niyat yo‘q emas. 

    “Loyihamizda 8 ta mamlakatdan 100 dan ortiq yoshlar bor”

    Hozirda ikki o‘rtog‘im bilan birgalikda “Study buddy” nomli loyihamizda ishlayapman. Ushbu loyiha aynan chekka hududlardagi yoki umuman yoshlarni o‘zida jamlagan, ularga turli soha va fanlarni o‘rgatadigan, g‘oya va tajriba almashiladigan, global fikrlashga yetaklaydigan onlayn ta’lim platforma. Ayni damda u yerda dasturlash, falsafa, biokimyo, biologiya kabi fanlardan iborat 3-4 ta guruhda 8 ta mamlakatdan 100 dan ortiq yoshlar bor. Loyihani men Yelga topshirgan portfoliomda ham ko‘rsatganman, hozir shuni rivojlantiryapman.

    Foto: Xosilmurod Abduxoliqovning shaxsiy arxividan

    “Aslida bu savolga har yili turlicha javob berishim mumkin”

    Aslida bu savolga har yili turlicha javob berishim mumkin. Masalan, IT sohasiga kirib kelayotganimda Mark Sukerberg, Bill Geytslarga, keyinroq falsafa borasidagi fikrlarim rivojlanib Suqrot, Rene Dekart, Jaloliddin Rumiylarga qiziqqanman. Hozirda esa har bir insonning o‘z yo‘li borligi, individuallik kabi jihatlarni tushunib, alohida bir shaxslarga havas yoki taqlid qilaman, deb aytolmayman. Aksincha buyuk insonlarning yaxshi, namunali tomonlaridan nimadir o‘rganishga intilaman.

    Foto: Xosilmurod Abduxoliqovning shaxsiy arxividan

    “Buning uchun biror alohida fursat yoki universitetga kirishni kutish kerak emas”

    O‘zimdan yoshroq uka-singillarim yoki tengdoshlarimga maslahatim, o‘zlari qiziqqan sohani ertaroq o‘rgana boshlashsin, buning uchun biror alohida fursat yoki universitetga kirishni kutish kerak emas. Ayniqsa ingliz tilini qancha erta o‘rganishni boshlasa shuncha yaxshi, hozir hamma sohalardagi bilimlarni biz internetda aynan ingliz tilida uchratishimiz muammo emas. O‘zimning ham bosib o‘tayotgan yo‘limga e’tibor bersak, aynan til bilishim sabab qarshimda ko‘plab eshiklar ochildi. Yana qiziqqan sohalarida amaliyot o‘tab, ko‘ngilli sifatida kompaniyalarda ishlab ko‘rishsin, bilimlarini toblashsin.

    14.02.2023, 17:25   Izoh (0)   78967
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Madina Nurmanova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2022-yilda O‘zbekistondagi 16 mingdan ziyod aholiga 8 milliard so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi

    14.02.2023, 17:01

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    14.02.2023, 16:19

    Toshkentdagi “Ippodrom”da ikki bosh ot ochlikdan nobud bo‘lishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortildi 

    14.02.2023, 16:02

    O‘zbekistonda 15-fevral kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi 

    14.02.2023, 15:25

    Qizlar ko‘pmi yoki yigitlar: O‘zbekistondagi talabalar soni ochiqlandi 

    14.02.2023, 15:06

    Toshkentda enaga 6 yoshli nogiron bolani kaltakladi

    14.02.2023, 14:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.