Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15-fevralda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 30,06 so‘mga ko‘tarilib, 11 360,10 so‘mni tashkil qildi. Yevro 126,38 so‘mga oshib, 12 224,60 so‘m bo‘ldi. Rubl o‘zgarishsiz, 153,08 so‘mga tengligicha qoldi.
Bundan avval ushbu valyuta kurslarining barchasi so‘mga nisbatan pastlagandi.
Izoh (0)