O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Turkiyada ro‘y bergan talafotli zilzila oqibatida vayronalar ostida qolgan yana 2 kishining jasadini olib chiqdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 12-fevral kuni tunda o‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyaning Hatay provinsiyasida yana ikki nafar jabrlanganlarni qulagan binolar ostidan chiqarib oldi.
Qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangandan buyon, ya’ni 7-fevral kunidan o‘zbekistonlik otryadlar tomonidan 16 nafar jabrlanganlar qutqarilib, 107 nafar halok bo‘lganlar olib chiqildi.
O‘zbekiston qutqaruvchilari xizmat itlari yordamida 62 yoshli Samet Genco va 60 yoshli Seval Genconi qutqarib qoldi. Ularni vayronalar orasidan chiqarib olish Meksika va Turkiya qutqaruvchilari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Hozirda hududda o‘zbekistondan yuborilgan 100 qutqaruvchi va 70 dan oshiq Mudofaa vazirligi tomonidan yuborilgan shifokor xizmat qilmoqda.
Izoh (0)