Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 71-maktabda o‘quvchi kaltaklangani haqidagi xabar rad etildi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi holatga oydinlik kiritdi.
Aniqlanishicha, maktab o‘quvchisi P. J. darslarga faol ishtirok etib kelgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda direktor o‘rinbosari uni urgani haqidagi ma’lumotlar yolg‘on, asossiz ekani ma’lum bo‘lgan.
P. J va uning onasi, sinf rahbari, maktab v.v.b direktori, o‘rinbosarlari bilan xalq ta’limi boshqarmasi va tegishli mas’ullar ishtirokida suhbatlashilgan va tegishli tartibda o‘rganish ishlari amalga oshirilgan.
“Burnim tez-tez qonab turadi. Bu degani meni o‘qituvchi urdi, deganimas-ku? Rasmimdan noto‘g‘ri foydalanishgan. Men ustozlarimni doim hurmat qilaman”, — deydi 71-maktab o‘quvchisi P. J.
Izoh (0)