Qatar amiri “PSJ” bilan birgalikda “Manchester Yunayted”ga ham egalik qilmoqchi.
The Guardian nashrining xabar berichicha, “Manchester Yunayted”ni qo‘lga kiritish va “PSJ”ni saqlab qolishga harakat qilayotgan Qatar amiri Tamim ibn Hamad at-Tani strategiyasi UEFAga har bir klub alohida tashkilot tomonidan nazorat qilinishini ko‘rsatishdan iborat.
UEFA qoidalariga ko‘ra bir tashkilotga tegishli bo‘lgan klublar bitta musobaqada o‘zaro to‘qnash kelmaydi. Qatarliklar buni tushunib turibdi va bu jabhada o‘sishga erishish yo‘llarini izlamoqda.
Ayni damda variantlardan biri — UEFA “Manchester Yunayted” va “PSJ”dagi tuzilma va xodimlar boshqarmasligini ko‘rsatish.
Bu talqin ish berishicha umid bor, ayniqsa, bunga misol ham mavjud. “Zalsburg” va “Leypsig” jamoalarining egasi Red Bull GmbH hisoblanadi. 2018-yil sentabr oyida esa Avstriya hamda Germaniya klublari Yevropa Ligasi doirasida o‘zaro to‘qnash kelgan.
Avvalroq, qatarliklar “qizil iblislar”ni sotib olishga jiddiy kirishgani haqida xabar qilingandi. “Manchester Yunayted” egalari klubni 6 million funtdan ko‘proq miqdordagi mablag‘ga pullamoqchi. Shuningdek, klubni sotib oladigan investor “Old Trafford”ni rekonstruksiya qilishi yoki uni buzib tashlab, o‘rnida ultrazamonaviy arena barpo qilishi kerak bo‘ladi. Bunday loyiha taxminan 2 milliard funtga aylanadi va qatarlik investorlar uchun bu muammo bo‘lmaydi.
Izoh (0)