• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Haroratni termometrsiz oʻlchashning 5 ta oson usuli

    Issiq peshona baland haroratning yagona belgisi emas. Albatta, maxsus asboblarsiz tana haroratini yuqori aniqlik darajada aytib berish imkonsiz. Hattoki, uydagi termometrlar ham xato qiladi. Ammo yuqori aniqlik oʻta muhim emas. Shunchaki tanada isitma bor yoki yoʻqligini bilish kifoya. Haroratning 38 ° C dan yuqoriligi turli kasalliklarning birlamchi alomatlaridan hisoblanadi.

    Haroratni termometrsiz qanday oʻlchash mumkin?

    Buning beshta asosiy usuli bor. Ularning har biri ham nihoyatda ishonchli boʻlmasligi mumkin. Har holda vaqtincha termometr vazifasini bajara oladi.

    1. Peshonani ushlab koʻring

    Peshona issiq boʻlsa, demak, isitma bor. Xato qilmaslik uchun quyidagi qoidalarga amal qiling:

    • Isitmangiz bor-yoʻqligini oʻzingiz tekshirmang. Qoʻllaringiz ham issiq boʻlishi mumkin, shuning uchun issiqlikni sezmaysiz.
    • Peshonaga qoʻl tekkizishda kaftning orqa qismidan foydalaning. Kaft orqasidagi teri nisbatan sezgirroq.

    Tekshirishdan oldin xona juda issiq yoki juda sovuq emasligiga ishonch hosil qiling. Qoʻl qancha sovuq boʻlsa, peshona shuncha issiq tuyuladi. Aksincha, qoʻlning qaynoqligi isitmani sezdirmaydi.

    2. Koʻkrak qafasining old va orqa tomonlarini ham ushlab koʻring

    Bunda ham kaftning orqa tomonidan foydalaning. Bu sohalar ham issiq boʻlsa, harorat baland deganidir.

    3. Yuz rangiga nazar soling

    Qip-qizil tus olgan yonoqlar shifokorlar eʼtiborga oladigan yana bir ishonchli belgidir.

    Odam toʻshakda yotgan boʻlsagina, yuz rangini baholash oʻrinli. Faol harakat yoki jismoniy zoʻriqishdan soʻng ham yonoqlar qizarib ketadi.

    4. Pulsni oʻlchang

    Kattalardagi normal yurak urish tezligi bir daqiqada 60-100 marta. Bu 10 yoshdan oshgan bolalarga ham tegishli. Maktabgacha yoshda boʻlgan bolalarda oddiy puls 120 urishdan oshmaydi, bir-ikki yoshli bolalarda — 130, bir yoshgacha boʻlgan chaqaloqlarda — 160.

    Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, isitma vaqtida yurak tezroq uradi. Meʼyordan yuqori boʻlgan har 8-10 yurak urishi tana haroratining bir darajaga koʻtarilganidan darak berishi mumkin.

    5. Oʻzingizni qanday his qilayotganingizni tahlil qiling

    Haroratning oshishi, odatda, boshqa xarakterli xususiyatlar bilan birga keladi. Ushbu qoʻshimcha belgilar qanchalik koʻp boʻlsa, isitma ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi.

    • Hovur. Koʻpincha odam oʻzini “yonib ketayotgandek” his qiladi.
    • Sovuq. Ichki issiqlikka qaramay, isitmasi boʻlgan odamlar sovuqdan titraydi. Xonadagi havo harorati normal yoki odatdagidan issiq boʻlsa-da.
    • Holsizlik. Bu uyquchanlik yoki shunchaki qattiq charchoq boʻlishi mumkin.
    • Kuchli terlash. Harorati baland boʻlgan odam koʻp terlaydi.
    • Oʻzini yomon his qilish. Odamlar har doim ham ularni nima bezovta qilayotganini bilmaydi lekin hislar, shubhasiz, yoqimsiz boʻladi.
    • Koʻngil aynishi. Baʼzan kuchli emas, baʼzan esa sezilarli darajada kuchli koʻngil aynishi kuzatiladi.
    • Bosh ogʻrigʻi. Isitma vaqtida yana bir keng tarqalgan alomat.

    Tez yordamni qachon chaqirish kerak?

    Isitma haqiqatan ham xavfli kasalliklar belgisi boʻlishi ehtimoldan holi emas. Haroratning yuqoriligi quyidagi alomatlar bilan birga kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling:

    • Boshni u yon bu yonga bura olmaslik darajada boʻyinning qotib qolishi;
    • Aqlning chalkashib ketayotgani;
    • Hissiy holatdagi keskin oʻzgarishlar, masalan, haddan tashqari ortiqcha xavotir yoki asabiylashish;
    • Tana boʻylab tarqaladigan har qanday toshma;
    • Fotofobiya, yaʼni yorugʻlikka qaraganda koʻzlarda ogʻriqli hislar;
    • Suvsizlanish — buni peshob rangining quyuqlashishi, koʻzlarning kirtayib qolishi, yigʻlaganda koʻz yosh ajralmasligi bilan taxmin qilinishi mumkin;
    • Tutqanoqlar.

    Agar isitmani paratsetamol yoki asosi ibuprofen boʻlgan preparatlar bilan tushirishning imkoni boʻlmasa yoki besh kundan ortiq davom etsa, shifokor koʻrigidan oʻtish tavsiya etiladi.

    Mavzuga doir:

    • Bolaning isitmasi baland, qoʻl-oyoqlari esa muzday: Bunday vaqtda qanday yoʻl tutish kerak?
    • “Butun tanam yonyapti”: yuqori haroratning qanday sabablari bor?
    08.02.2023, 16:42   Izoh (0)   6208
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Leptin nima? Bu gormon qanday qilib koʻp ovqat yeyishga va semirishga majbur qiladi?

    08.02.2023, 11:48

    Qo‘rqinchli tushlar, axborotlar oqimi: uyqusizlikning 10 ta sababi va uni yengish yo‘llari

    06.02.2023, 20:56

    Keksa yoshda ham organizmning salomatligini ta’minlovchi ovqatlanish odatlari 

    06.02.2023, 13:41

    Birinchi yordam: deyarli hamma yo‘l qo‘yadigan 7 ta keng tarqalgan xato

    06.02.2023, 12:06

    30 yoshdan oshgan ayollar foydalanishi shart bo‘lgan kosmetik mahsulotlar

    05.02.2023, 19:49

    Yostigʻingiz qalqonsimon bez va oshqozon kasalliklarini aniqlashga yordam beradi

    05.02.2023, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.