Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Doniyor Mirazimov Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Doniyor Mirazimov tayinlovga qadar 2020-yildan beri 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Tibbiyot fanlari nomzodi Doniyor Mirazimov professional faoliyatini aynan Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. Shundan keyin ushbu muassasada shifokor-neyroxirurg, bosh shifokor boʻlib ishlagan.

Bundan tashqari, u Sogʻliqni saqlash vazirligida bosh boshqarma boshligʻi, Vazirlar Mahkamasida shoʻba mudiri kabi masʼul lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi