• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 2-fevralda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 2-fevralda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.



    Rossiya chegaralarini qayerda tugashi kerakligi haqida Gruziya talab bilan chiqdi

    Ukrainadagi urushdan keyin tuziladigan bo‘lajak tinchlik shartnomasida Rossiya qo‘shinlarini Abxaziya va Janubiy Osetiyadan olib chiqish bandi ham bo‘lishi kerak. Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Bloomberg agentligi bilan suhbatda bu fikrni ilgari surdi.

    “Rossiya o‘z chegaralari qayerda tugashini bilishi kerak. Bunda Gruziya masalalari ham hisobga olinishi zarur, shuningdek, hech kim Rossiya bosib olingan barcha hududlardan chekinmasdan turib bu urush tugashi mumkinligi haqida o‘ylamasligi kerak”, — deydi Zurabishvili.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, aks holda G‘arb “2008 va 2014-yillardagi kabi yana bir katta xatoga yo‘l qo‘yadi”.

    Abxaziya va Janubiy Osetiya 1990-yillar boshida SSSR parchalanishi fonida oʻz mustaqilligini eʼlon qilgandi; o‘shandan beri Gruziya bu hududlarni nazorat qilmagan.

    Ammo Gruziya Abxaziya va Janubiy Osetiyani rasman Rossiya bosib olgan hududlar deb biladi. Rossiya hukumati hududlarni o‘z tarkibiga kiritish niyatini ochiq e’lon qilmagan bo‘lsa-da, de-fakto, ular to‘liq Moskva nazorati ostida.

    Isfahonga qilingan dronlar hujumining dastlabki tergov natijalari 

    Eron Mudofaa vazirligining Isfahondagi obyektiga uyushtirilgan hujum bo‘yicha dastlabki tergov natijalari hujum uchun Isroil javobgar ekanini ko‘rsatdi. Bu haqda Eronning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Amid Said Iravoniy ma’lum qildi.

    “Dastlabki tergov natijalari sionistik rejim Isfahon shahridagi Mudofaa vazirligi obyektiga qilingan terakt uchun javobgar ekanini koʻrsatmoqda, bu rejimning harakatlari xalqaro huquqqa ziddir va qoralanadi”, — deydi Iravoniy BMT Bosh kotibi va tashkilot Xavfsizlik Kengashi raisiga yo‘llagan maktubida.

    “Eron oʻz milliy xavfsizligini taʼminlash va sionistik rejim tomonidan har qanday tahdid yoki qonunbuzarliklarga, agar zarur deb bilsa, qattiq javob berish uchun qonuniy va daxlsiz huquqqa ega”, — deb taʼkidladi Iravoniy. Eron vakili BMT Xavfsizlik kengashini Isroil rasmiylarining jangovar bayonotlarini qoralashga chaqirgan.

    OAV xabarlariga ko‘ra, hujum ortida Isroil va AQSH turgan bo‘lishi mumkin. AQSH bu portlashlarga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi. Isroil esa vaziyatga munosabat bildirgani yo‘q.

    Isroil va Falastin o'rtasidagi aviazarbalar davom etmoqda

    Isroil armiyasi 2-fevral kuni tongda Falastinning G‘azo sektori markaziga aviahujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda AFP va Reuters muxbirlar hamda guvohlariga tayanib. 

    Mahalliy xavfsizlik manbalari va guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, birinchi zarbalar – kamida yettita raketa HAMASning qurolli qanoti – Ezidin al-Qasam brigadalari o‘quv markaziga berilgan. Obyekt G‘azo sektori markazidagi Al-Mag‘ozi qochqinlar lagerida joylashgan.

    Mahalliy xavfsizlik manbalariga ko‘ra, Isroil armiyasi tomonidan havo hujumlarining ikkinchi bosqichida G‘azo shahrining janubi-g‘arbidagi al-Qasam brigadalari o‘quv markazi nishonga olingan.

    Qurbonlar yoki yetkazilgan zarar ko‘lami haqida hozircha ma’lumot berilmagan. The Times of Israel nashrining yozishicha, 1-fevral kuni G‘azo sektoridan Isroil janubi tomon raketa uchirilgan, ammo Raketa “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimi tomonidan tutib olingan. 

    Shundan so‘ng Isroil ichki xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir hukumatni zudlik bilan javob zarbalari haqida muhokama o‘tkazishga chaqirgan.

    Ayrim sabablarga ko‘ra yopib qo‘yilgan yerosti inshooti qayta tiklanishi mumkin. O‘zbekistonda vodiyni gaz bilan ta‘minlash imkoniyati to‘liq tiklanadimi?

    Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshooti yana qayta ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

    “Afsuski o‘z vaqtida So‘xdagi yerosti gaz saqlash inshooti ayrim sabablar bilan yopib qo‘yilgan edi. Qirg‘izistondagi davlat tashrifi chog‘ida Sadir Japarov bilan bu masalada ham kelishib oldik. Yaqinda energetika vazirimiz Qirg‘izistonga borib, texnik tomonlarini kelishib keladi”, — dedi prezident. 

    “Shimoliy So‘x yerosti gaz saqlash inshootining hajmi taxminan 2,5-3 milliard kub metr atrofida. Shundan 1,3 milliard kub metr gazdan foydalanish mumkin, qolgani bufer zonada turadi. Bu degani qish mavsumida vodiyni har kuni 13 million kub metr gaz bilan ta’minlash imkoniyatimiz bo‘ladi”, — degan energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov mazkur masala yuzasidan O‘zAga bergan intervyusida.

    Uning ta’kidlashicha, mazkur inshootning asosiy gaz saqlash qismi Qirg‘iziston hududida joylashgan, kompressorlar esa O‘zbekiston hududida. Shu sababli inshootdan umumiy foydalanish borasida muzokaralar olib boriladi.

    02.02.2023, 22:00   Izoh (0)   4332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Nemis tanklari tahdid qilmoqda”: Putin Germaniya Ukrainaga tanklar yuborishiga munosabat bildirdi (video) 

    02.02.2023, 21:17

    Ukrainalik harbiy ekspert Putin urushning bir yilligiga reja tuzganini aytdi

    02.02.2023, 20:53

    Ukraina Gruziya hukumatini zudlik bilan Saakashvilini Kiyevga topshirishga chaqirdi

    02.02.2023, 20:17

    O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan Xitoy fuqarosi Qirg‘izistonda qo‘lga olindi

    02.02.2023, 20:05

    Foto: Ukrainaning Lvov viloyatida qozoq diasporasi ko‘ngillilari “buzilmas o‘tov” o‘rnatdi. U qanday vazifani bajaradi?

    02.02.2023, 19:15

    AQSH uchinchi davlatlarga Amerikaning F-16 qiruvchilarini Ukrainaga yuborishga ruxsat berishi mumkin

    02.02.2023, 18:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.