Qirg‘izistonning O‘sh shahrida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan Xitoy fuqarosi qo‘lga olindi. U O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan, deya xabar berdi “Turmush.kg”.
Ma’lum qilinishicha, 44 yoshli erkak O‘zbekistonda jinoyat sodir etib, O‘sh shahridagi mehmonxonalarda yashiringan. Xorijlik fuqaroga nisbatan “Qirg‘iziston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda Interpol qidiruvidagi sobiq “qonundagi o‘g‘ri” qo‘lga olingandi. U Rossiyada 2010-yildan beri 32 yoshli erkakni o‘ldirgani uchun qidirilgan. AQSHda esa Eron hukumati buyrug'i bilan eronlik muxolifatchini o'ldirilishini uyushtirganlikda ayblangan.