“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Premyer Liga 21-turi doirasida kechgan “Vulverhempton”ga qarshi o‘yinda (3:0) uchta gol muallifiga aylandi.
Holand APLdagi 19 ta o‘yini davomida 4 ta het-trik qayd etishga erishdi va bu natijaga erishish uchun eng kam o‘yin sarflagan futbolchiga aylandi. Bundan avvalgi rekordchi Rud van Nistelroy 65 ta o‘yinda bu natijaga erishgandi.
Holand Premyer Ligadagi het-triklari soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi va Muhammad Salohga yetib oldi.
Norvegiyalik futbolchi APL joriy mavsumida 25 ta gol urgan holda to‘purarlar ro‘yxatidan yetakchilik qilmoqda. Eng yaqin ta’qibchi Harri Keyn (“Tottenhem”) hisobida 15 ta to‘p mavjud.
Izoh (0)