Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi darvozaboni Yan Zommer faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradi.
Bundesliga klublari 34 yoshli shveysariyalik darvozabon transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Zommer myunxenliklar bilan kamida 2025-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bitim imzolashi aytilmoqda.
“Borussiya M” ushbu transferdan 8 million yevro ishlab oladi. Yana 1,5 million yevro miqdorida bonus pullari ham nazarda tutilgan.
“Bavariya”ning asosiy darvozaboni Manuel Noyer chang‘i uchish vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida oyog‘ini sindirib olgan va mavsum oxirigacha safdan chiqqandi. Shu bois Myunxen klubi unga o‘rinbosar izlayotgandi.
Izoh (0)