Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi tadbirkorlar foydasiga 1 milliard 737 million so‘m miqdoridagi qarzni undirib berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bo‘lim ish yurituvida “E.D.” korxonasidan undiruvchilar “Avtovishka” va “Rumatin” xususiy korxonalarining foydasiga umumiy hisobda 1 milliard 737 million so‘m miqdoridagi qarzdorlik summalarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga 15 kunlik ixtiyoriy muddat belgilangan. Lekin qarzdor ixtiyoriy muddatda tadbirkorlarga katta miqdordagi qarzdorlikni qoplamaganidan so‘ng byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.
Qarzdorga tegishli bo‘lgan hisob raqamlariga band solinib, inkasso topshiriqnomalari jo‘natilgan. Majburiy ijro harakatlari jarayonida qarzdordan undiruvchi tadbirkorlar foydasiga 1 milliard 737 million so‘m miqdoridagi qarzdorlik undirilib, mazkur ijro ishi qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.
Izoh (0)