“Liverpul” sobiq futbolchisi Stiven Jerrard Polsha terma jamaosini boshqarishi mumkin.
Meczyki xabariga ko‘ra, Polsha futbol ittifoqi oktabr oyida “Aston Villa”dan iste’foga chiqarilgan ingliz mutaxassisi bilan muzokaralarni boshlagan. Tashkilot bir necha kun oldin Jerrard bilan bog‘langan va hozirda murabbiy ushbu taklif haqida o‘ylamoqda.
Stivenning Polshaga ustozlik qilishiga bitta to‘siq mavjud bo‘lishi mumkin — uning maoshi. Mutaxassisning “Aston Villa” bilan shartnomasi davom etmoqda va u 2024-yilga qadar yiliga 5 million funt maosh oladi. Agar Polsha bilan kelishuv imzolaydigan bo‘lsa, ingliz klubi bilan shartnomani bekor qilishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Polsha futbol ittifoqi JCH—2022 dan so‘ng bosh murabbiy Cheslav Mixnevich bilan shartnomani uzaytirmagan edi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)