Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida 2-yanvar kuni uchta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, YTH shu kuni soat 23:20 atrofida Sariosiyo tumani “Shabnam” mahallasidan o‘tgan 4H-1583 yo‘lining birinchi kilometrida sodir bo‘lgan. Mahalladan tuman markaziga harakatlanib kelayotgan Nexia transport vositasi oldidagi Spark mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Zarb tufayli Spark transport vositasi qarama-qarshi tomondan kelayotgan Gentra avtomobiliga borib urilgan. Nexia esa boshqaruvni yo‘qotib, ariqqa tushib ketgan.
Holat oqibatida Nexia haydovchisi tibbiyot birlashmasi bo‘limida olgan jarohatlari bilan vafot etgan.
Hodisa joyi o‘rganilganda yo‘l sun’iy yoritish chiroqlari bilan jihozlanmagani aniqlangan.
Izoh (0)