Premyer Liganing 8 ta klubi Angliya Kubogining uchinchi bosqichida o‘z yurishini to‘xtatdi.
Shu vaqtga qadar “Everton”, “Kristal Pelas”, “Bornmut”, “Nottingem Forest”, “Brentford”, “Nyukasl”, “Aston Villa” va “Chelsi” musobaqa bilan xayrlashishga ulgurdi.
Bunaqasi 2007/08-yilgi mavsumdan beri kuzatilmagandi. 15 yil avval ushbu bosqichda APLning to‘qqizta klubi kubok bahslaridan chiqib ketgandi.
Ushbu raqam yana o‘zgaradi. 9-yanvar kuni “Arsenal” “Oksford Yunayted”ga qarshi o‘ynaydi. Shuningdek, Angliya Kubogi uchinchi bosqichidan o‘rin olgan “Liverpul” — “Vulverhempton” (2:2) va “Lids” — “Kardiff Siti” (2:2) uchrashuvlarida durang qayd etilgani bois, takroriy o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga doir: “Chelsi” Angliya Kubogida so‘nggi 25 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etdi
Izoh (0)