AQSHning Vashington shahrida O‘zbekiston vaqti bilan 8-yanvar tongida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy jangi yengil vazn toifasida WBA chempioni Jervonta Devis (28-0, 26 KO) Ektor Luis Garsiyaga (16-1, 10 KO) qarshi bahs olib bordi.
Dastlabki ikki raund Jervontaning ustunligida o‘tdi, uchinchi raundni Garsiya faolroq o‘tkazdi. Keyingi raundlarda Devis ustunlik namoyish qildi. Sakkizinchi raunddan keyin Garsiya burchagi jangni davom ettirishdan bosh tortdi va Jervontaga texnik nokautli g‘alaba yozildi.
Shu tariqa Jervonta Devis kamarini to‘rtinchi bor muvaffaqiyatli himoya qildi.
Musobaqaning qolgan bahslari natijasi bilan tanishing:
- Jeron Ennis (30-0, 27 KO) ochkolar evaziga Karen Chukagyanni (21-2, 11 KO) yutdi — 120-108, 120-108, 120-108;
- Royman Villa (26-1, 24 KO) ochkolar evaziga Rashidi Ellisdan (24-1, 15 KO) ustun keldi — 113-113, 114-112, 114-112;
- Demetrius Andrade (32-0, 19 KO) ochkolar evaziga Demond Nikolsonni (26-5-1, 22 KO) mag‘lub etdi — 100-88, 100-88, 100-88.
Izoh (0)