Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan bir nechta terma jamoa taklifini rad etgan.
Daily Mail’ning xabar qilishicha, fransiyalik mutaxassis Braziliya, Portugaliya va AQSH terma jamoalari taklifiga rad javobini bergan.
Qayd etilishicha, Zidan terma jamoalar orasidan faqat Fransiyani boshqarishni istagan.
Zinedin 2021-yilning yozida “Real”dan ketganidan beri ishsiz yuribdi.
Avvalroq Didye Desham Fransiya terma jamoasi bilan amaldagi shartnomasini 2026-yilga qadar uzaytirgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)