Samarqandning “Dinamo” jamoasi yangi mavsumga tayyorgalik uchun 5-yanvar kunidan boshlab Toshkentda yig‘in o‘tkazadi.
Vadim Abramov jamoasi poytaxtda o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida bir qator nazorat o‘yinlarida ishtirok etadi va yangi o‘yinchilarni ko‘rikdan o‘tkazadi.
2022-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, “Dinamo” bilan shartnomasi yakuniga yetgan aksariyat o‘yinchilar jamoani tark etdi. Jumladan, Mixaylo Yovanovich, Miloe Prekovich, Yevgeniy Chumak, Saydullo Rahmatov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Islom Sharipov, Oybek Nurmatov, Sahob Rashidov va Marat Bikmayev klub bilan xayrlashdi.
Izoh (0)