“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea Premyer Liga 19-turi doirasida “Bornmut”ga qarshi kechgan o‘yinda (3:0) maydonga tushdi.
Bu ispaniyalik posbon uchun mankunianlar safida APLdagi 394-o‘yin bo‘ldi. Bu borada de Xea klub tarixida APLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazganlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘ringa chiqib oldi.
David jamoa sobiq hujumchisi Ueyn Runini (393) ortda qoldirdi. Bu borada dastlabki uch o‘rindan quyidagi uch futbolchi joy olgan: Rayan Giggz (632), Pol Skoulz (499) va Gari Nevill (400).
De Xea “Manchester Yunayted”da 2011-yildan beri harakat qilib keladi.
Izoh (0)