Lionel Messi “PSJ” bilan shartnomani uzaytirishga yaqin.
Marca nashrining xabar berishicha, argentinalik futbolchi parijliklar bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytiradi.
35 yoshli hujumchining ta’tili o‘z nihoyasiga yetgan va u Parijga qaytmoqda. Agarda favqulotda voqealar yuz bermasa, yangi shartnoma borasida ushbu haftada ma’lum qilinadi.
Messi yana top-darajada o‘yin namoyish etishni xohlayotgani uchun shartnomani uzaytirmoqda.
Leo joriy mavsum Liga 1 da 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)