• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Tan soqchisining pichoqlanishidan tortib tegajog‘likkacha: to‘ylarda o‘zbekistonlik xonandalar duch keladigan ayanchli va kulgili holatlar

    San’atkorlar uchun to‘y xizmatlari har doim ham ko‘ngildagidek o‘tavermaydi. Ba’zan kulgili, ba’zida esa ko‘ngilsiz voqealar ham bo‘lib turadi. O‘zbek san’ati vakillarining ayrimlari o‘zlari bilan sodir bo‘lgan to‘y sarguzashtlari haqida so‘zlab berdi.

    Mirzabek Xolmedov: “To‘pponcha bilan qo‘rqitishgan”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — To‘ylar bilan bog‘liq ko‘plab qiziqarli voqealar bo‘lgan. Hozir-ku san’atkorlar to‘yga emin-erkin borib kelishadi. Avvallari esa to‘yda xonanda yoki qiziqchiga qitmirlik qilish odatga aylangandi. Mushtumzo‘rlar to‘y yakunida istagan xurmacha qilig‘ini qilardi. Mast-alastga aka, sizniki to‘g‘ri, deb turishdan boshqa iloj yo‘q edi. Eng yomoni, 1988—1989-yili to‘pponcha bilan qo‘rqitish urf bo‘lgan. Bir kuni to‘yda xizmat qilayotgan ikki erkak kelib, chetroqqa o‘ting, gap bor, degan. Ular meni o‘zlari bilan boshqa to‘y xizmatiga olib borishni istashgan ekan. Yo‘q, xizmatdaman, deyishim bilan kostyumining ichki cho‘ntagidan to‘pponcha ko‘rsatgan. Xullas, shunday to‘ylarda pishib, Mirzabek Xolmedov bo‘lganman, — deydi qiziqchi.

    Shirin Muzaffarova: “O‘lib qolmasmikanman, deb yig‘ladim”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — To‘ylar bilan bog‘liq qiziqarli voqealar ko‘p bo‘ladi. Ammo eng kulgili va qayg‘ulisi Andijondagi to‘yga ketayotganimizda sodir bo‘lgan. To‘g‘risi, u kundagi voqealarni eslashni ham xohlamayman. Chunki shu voqeadan keyin bo‘ldi, san’atni tark etaman, qiynalib ketdim, deb yig‘lagandim. Xullas, Qashqadaryoda kechki nikoh marosimini o‘tkazib, Andijonda peshinda bo‘ladigan to‘yga ketayotgandik. Uzoq yo‘l, ustiga-ustak xizmatdan keyin mijja qoqmay yo‘lga tushganmiz. Orada biroz oyoqlarning chigilini yozaylik deb, mashinani yo‘l chetida to‘xtatishdi. O‘shanda sochlarim bexosdan arining uyasiga tegib ketdi va ular menga hujum qilishdi. Sochimdagi arilarni qoqqunimga qadar ularning bir nechtasi qo‘llarimni chaqib tashladi.

    Nariroqda turgan yo‘l-patrul xizmati xodimi: “Bu afg‘on arisi. Qizni tezda kasalxonaga  olib borish kerak, bo‘lmasa ahvoli yomonlashadi”, deb xavotirimni yana-da oshirdi. Haqiqatan ham bu xavfli ari hisoblanarkan, tezda tinchlantiruvchi va allergiya qo‘zg‘amasligi uchun ukollar qilishdi. “O‘lib qolmasmikanman”, deb qo‘limga tasbehni olib, rosa yig‘lagandim. Xullas, shuncha sarguzashtlardan keyin aytilgan vaqtda to‘yga bordik. Qo‘llarim shishgan, ko‘zlarim qizargan… Eng yomoni, tinchlantiruvchi dori uxlatish xususiyatiga ega ekan. Ko‘zlarimni arang ochib to‘yda qo‘shiq kuylaganman. Bu men uchun eng og‘ir kun bo‘lgandi, — deydi xonanda Shirin Muzaffarova.

    Janob Rasul: “Mashinamiz ag‘darilishiga bir baxya qolgan”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — 2019-yili to‘ydan qaytayotganimizda juda g‘alati voqea sodir bo‘lgan. O‘shanda Alloh bizni bir o‘limdan saqlagan. Xullas, to‘ydan yaxshi kayfiyatda chiqib, Buxoroning “betonka” yo‘lida ketayotgandik. Bu yo‘l tekis bo‘lgani uchun mashinamiz 150-170 km tezlikda harakatlanardi. Birdan mashinamiz qattiq silkindi. Qo‘rqib, mashinani to‘xtatganmiz. Qarasak, orqa ballon qiyshayib qolgan va ballonni mustahkamlovchi 5 ta boltdan 3 tasi chiqib ketgan bo‘lgan. Aslida u mashinaning ballonini bo‘shatish oson emasdi. Uni biladigan odam xizmatda ekanligimizdan foydalanib shunday qilgan, deb gumon qilgandik. “Agar o‘sha ikkita bolt ham chiqib ketganida, mashina ag‘darilardi. Xudo sizlarni asrabdi”, deyishgan mashina ustalari. Keyin to‘ylar bilan bog‘liq kulgili voqealar ham ko‘p bo‘lgan.

    Masalan, bir to‘yga borib, to‘y egasining ismini so‘raganmiz. Bizni to‘yga aytgan odamning ismini aytishganidan so‘ng, apparatlarni yoyib, qo‘shiqni boshlaganimizda, boshqa ansambl ham kirib kelgan. Bitta to‘yda ikkita ansambl nega kerak, deb hayron bo‘lganmiz. Keyin bilsak, bu to‘y egasi bizni xizmatga aytgan aka bilan adash ekan. Biz bir mahalla naridagi to‘yga kirib qolgan ekanmiz. Tezda apparatlarni yig‘ib, chaqirilmagan to‘ydan chiqib ketgandik, — deydi xonanda Janob Rasul.

    Munisa Rizayeva: “Ikkita qo‘riqchimni pichoqlashgan”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — To‘yda qiziqarli voqealar bilan birga xavfli vaziyatlar ham bo‘ladi. Chunki kimning nima maqsadda ekanligini bilmaysiz. Keyingi paytlarda yoshlar orasida pichoqbozlik holatlari ko‘payib ketgan. Ilgari yigitlar urishish paytda pichoq chiqarishsa, “O‘zing urisholmaysanmi?” deb mazax qilishardi. Hozir aksincha, oldida pichoq olib borish obro‘dek bo‘lib qolgan. Yaxshi hamki, bunday vaziyatlarning oldini oladigan, ularga qarshi chora ko‘radigan ichki ishlar xodimlari bor.Ikki marta qo‘riqchimni pichoqlashgan.

    Bittasining oyoqlariga tiqilgan pichoqni ko‘rib, qo‘rqib ketganman. Yaxshiyamki, ularni tezda kasalxonaga olib borganmiz. Bu ishni qilganlar esa tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan. Bunday vaziyatlarga ko‘p uchraganim uchun ko‘nglim bo‘lmagan to‘yxonada qo‘shiq kuylamayman. Chunki ko‘nglim bo‘lmay kirgan to‘yxonada mushtlashuv yoki hech bo‘lmaganda chiroq o‘chishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘ladi, — deydi xonanda Munisa Rizayeva.

    “G‘ayrat Usmonov kelmasa, o‘zimni tomdan tashlayman, degan”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — To‘ylar, konsertlar bilan bog‘liq qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘ladi. Sizga eng kulgili va eng qayg‘ulisini aytib beraman. Xullas, vohada xizmatda edik. Bir kundan keyin stadionda konsert berishimiz kerak edi. Ashaddiy muxlislardan biri bir kun avval tunab qolgan mehmonxonamizga borib, “G‘ayrat Usmonov bilan uchrashmoqchiman”, debdi. Mehmonxona xodimi ketganimni aytgan. Ammo singlimiz gapiga ishonmay, xodim bilan janjallashgan. Eng yomoni, mehmonxona yaqinidagi to‘rt qavatli binoning tomiga chiqib, “G‘ayrat Usmonov kelmasa, o‘zimni shu yerdan tashlayman”, deb tahdid qilgan.

    Baqir-chaqirdan keyin tuman rahbarlari ham o‘sha yerga borishgan. Jahl otiga mingan muxlisa singlimizni tinchlantirish oson kechmagan. Ertasi kungi konsertda old qatoriga o‘tkazib, vaziyatni yumshatganmiz. Keyinchalik bilsam, u bir kun avvalgi to‘yda men bilan suratga tusholmaganining alamidan shunday qilgan ekan.

    Yana bir qiziq voqea vodiyda bo‘lgan. To‘yiga aytgan kuyovbola bizni tuman markazida kutib olishi kerak edi. Bir payt u “ZAGS”ga ketadigan mashinalarda yonimizga kelgan. “Aka, rasmga tushaylik”, dedi. Xo‘p, deb sochlarimni to‘g‘rilab tursam, “Faqat sizning telefoningizda suratga tushamiz, meniki rasmga olmaydi”, dedi. Rasmga tushgach, kortejga qo‘shilib, “ZAGS”ga ham borganmiz. Sababini so‘rasam, ortiqcha mashina bo‘lmagani uchun markazda bizni kutib olish muammo bo‘lgan ekan. Shunda yigit markaz orqali “ZAGS”ga ketishga qaror qilgan ekan, — deydi xonanda G‘ayrat Usmonov.

    Lola Ahmedova: “Simi uzilgan mikrofonda kuylaganman”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Bir kuni chekka qishloqlardagi to‘yga borganmiz. Odam ko‘p, maydonning kengligidan hovlining u boshidagi odamlarni ham ko‘rib bo‘lmasdi. Aksiga olib, navbatchi guruhning ovoz uzatish uskunalari ham yaxshi emas ekan. Mikrofonning simi kamida 2 metr “skotch” o‘rab, mustahkamlangandi. Simli mikrofonni qo‘limga olib, miriqib qo‘shiq aytdim, odamlar chang-to‘zonda raqsga tushishayotgandi.

    Keyin yerda yotgan simni ko‘rib, ko‘zlarim chaqnab ketdi. Bilsam, shuncha vaqtdan beri simi uzilgan mikrofonda fonogrammani kuylayotgan ekanman. Uyalganimdan tezda simni ham qo‘limga olib, qo‘shiqni tugatib, davradan chiqib ketganman. Yaxshi hamki, u paytlarda hali ijtimoiy tarmoqlar rivojlanmagandi, — deydi kulib Lola Ahmedova.

    Kaniza: “Cho‘ntaksiz shimimga pul solmoqchi bo‘ldi”

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — To‘ylar bilan bog‘liq qiziqarli voqealar ko‘p. Afsuski, xonandaning qadr-qimmatini yerga urmoqchi bo‘lganlar ham topiladi. Masalan, olti oy avval Bo‘stonliq tumaniga xizmatga chaqirishdi. Bordik, hammasi chiroyli ketayotgandi. Ammo bir erkak kelib, cho‘ntaksiz shimimga pul solmoqchi bo‘ldi. Bu xunuk ko‘rinadigan va menga nisbatan ham g‘alati holat bo‘ldi. Keyin u sahna yaqinidagi stolga o‘tirdi. Oradagi masofa bir yarim metr edi. Kayfiyatimni tushirmaslikka harakat qildim. Ammo u juda qo‘pol va uyatsiz so‘zlar bilan haqorat qilishni boshladi. Oxiri chiday olmay, gapiga yarasha javob qaytardim. Ammo vaziyatni bilmagan ba’zi insonlar meni qoralashdi. Erkakning menga aytgan so‘zlarini “o‘zingga” deb javob qaytardim. U shunga munosib ish qildi, — deydi xonanda Kaniza.

    Hosila Rahimovaga tegajog‘lik qilishgan

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Xonanda Hosila Rahimova ham to‘ylar bilan bog‘liq muammoli vaziyatlarga ko‘p uchragan. Masalan, 2015-yilning 29-avgust kuni Toshkent shahridagi lo‘lilar xonadoniga xonanda to‘yga taklif etilgan. Hosila Rahimova “birrov”ga chaqirilgan, ammo unga bo‘lgan yomon munosabatdan so‘ng qo‘shiqni yarmida to‘xtatib, to‘ydan chiqib ketgan.  Bunga Hosila Rahimovaga mast erkaklarning tegajog‘lik qilavergani sabab bo‘lgan. Xonanda mast-alast erkaklarning qo‘llaridan arang qutulib, ularni kuch bilan turtib, davrani tezda tark etgan. Turgan gapki, bu to‘yxonadagi insonlarga yoqmagan. Ulardan biri mikrofonni olib so‘kingan, boshqasi esa xonandaga qarata narsa uloqtirgan.

    Mavzuga doir:

    • Malibu oynasini sindirgan Durdona Qurbonova, Shohjahon Jo‘rayevdan ranjigan Dilfuza Ismoilova, Halima Ibragimovani “tepgan” Ahad Qayum. 2021-yilda internetda “shovqin ko‘targan” shou-biznes vakillari
    • Irqchi, zo‘ravon va qoidabuzar: Gollivudda nomaqbul ishlari uchun qora ro‘yxatga kiritilgan yulduzlar (foto)
    • Ashaddiy muxlislari ta’qibiga uchragan mashhurlar (foto)
    • Bir filmda suratga tushishni istamaydigan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)

    03.01.2023, 18:58   Izoh (0)   28112
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shukurullo Isroilov — “morg”da, Sevara Nazarxon — “Ippodrom”da. Mashhur bo‘lishidan avval o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)

    03.01.2023, 16:02

    McDonald’s’da idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda. Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    03.01.2023, 15:00

    Sevgi yosh tanlamaydi: O‘zbek shou-biznesidagi yoshi orasida katta farq bo‘lgan mashhur juftliklar (foto)

    03.01.2023, 13:57

    “Qizil olma”, “Esingdami seni?”, “Ishonma” va o‘zbek estradasidagi 20-30 yildan buyon “yashayotgan” boshqa qo‘shiqlar (video)

    03.01.2023, 12:53

    “Sevinch”, “Dilhiroj”, “Sevginator” va o‘zbekistonlik xonandalar suratga tushgan boshqa muvaffaqiyatli filmlar (video)

    03.01.2023, 11:55

    Mashhura Zulfiqorova, Mirolim Qilichev, Barchin G‘ofurova va salbiy rollari uchun tomoshabinlar nafratiga uchragan boshqa aktyor va aktrisalar (foto, video)

    03.01.2023, 10:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.