O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Ushbu kodeks aholining malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash maqsadida sog‘liqni saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Kodeksning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash;
- fuqarolarga xavfsiz, samarali va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash;
- fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish;
- aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash;
- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Hujjat loyihasi muhokamasi 14-yanvargacha davom etadi
Izoh (0)