O‘zbekistonda 2023-yilning birinchi sutkasida 2155 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
2018-yil huddi shu kuni 1961 nafar, 2019-yilda 1708 nafar, 2020-yilda 1974 nafar, 2021-yilda 1644 nafar, 2022-yilda esa 2316 chaqaloq tug‘ilgan edi.
2023-yil 1-yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning 1056 nafari qiz, 1099 nafari o‘g‘il bola.
Eng ko‘p chaqaloq Farg‘ona viloyatida (252 nafar) tug‘ildi.
Qolgan hududlarda ular soni quyidagicha bo‘lgan:
- Qashqadaryo viloyati — 230,
- Namangan viloyati — 219,
- Surxondaryo viloyati — 213,
- Samarqand viloyati — 213,
- Andijon viloyati — 187,
- Toshkent viloyati — 170,
- Toshkent shahri — 154,
- Buxoro viloyati — 126,
- Qoraqalpog‘iston R. — 105,
- Jizzax viloyati — 102,
- Xorazm viloyati — 76,
- Navoiy viloyati — 69,
- Sirdaryo viloyati — 39 nafar.
Izoh (0)