Shavkat Mirziyoyev 30-dekabrdagi yig‘ilishda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Kariyev ishdan olganini e’lon qildi.
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, yig‘ilishda davlat rahbari sog‘liqni saqlash sohasiga to‘xtalib, “Dok-1 Maks” preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan ko‘z yumgani bilan bog‘liq vaziyatni qattiq tanqid qildi.
“Samarqand va Qashqadaryodagi bolalar o‘limi sohada ishlar ahvolini, nazorat yo‘qligini ko‘rsatdi. Bugun Farmatsevtika agentligi rahbari Kariyevni ishdan oldim. Bunga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi!”, — dedi prezident.
Sardor Kariyev 2019-yilning fevralidan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Izoh (1)
Болалар ўлимига сабабчи бўлганларга умрбод қамоқ жазоси берилсин