Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,56 so‘mga ko‘tarilib, 11 195,57 so‘mni tashkil qildi. Yevro 0,38 so‘mga oshib, 11 908,73 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,11 so‘mga tushib, 157,43 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket olti kun pastlab, 11 170,01 so‘mni tashkil qilgandi. Rubl ham tushib, yevro ko‘tarilgandi.
Izoh (0)