Visa xalqaro to‘lov tizimi O‘zbekiston Respublikasi banklarining 2022-yilda erishgan yutuqlarini qayd etdi. “Kapitalbank” ATB 5 ta nominatsiya bo‘yicha yaxshi deb topilib, mukofotlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.
“Kapitalbank” ATB “Best Issuer” nominatsiyasida mamlakat banklari orasida Visa kartalarini chiqarish bo‘yicha yetakchi sifatida qayd etildi, shuningdek “Best authorization approval rate” nominatsiyasida bank ketma-ket ikkinchi yil g‘olib bo‘lib kelmoqda, “Kapitalbank” ATBning Visa kartalari bo‘yicha to‘lovlar butun dunyo bo‘ylab hech qanday moneliksiz va muammolarsiz amalga oshirilmoqda. “Kapitalbank” ATB tomonidan joriy yilda chiqarilgan Visa kartalari portfeli o‘tgan uch yildagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda 4,5 barobar oshdi.
Bundan tashqari, bank “Best Acquirer” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi — to‘lov uchun Visa kartalarini qabul qiluvchi Uzcard terminallarining 50 foizdan ortig‘iga “Kapitalbank” ATB xizmat ko‘rsatadi va “Leader in Visa Direct” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi – “Kapitalbank” ATBga “Visa Direct” orqali oylik pul o‘tkazmalari aylanmasi o‘tgan yil davomida 7 barobardan ziyodga oshdi. Futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga bag‘ishlangan kampaniya “Promo campaign launch in Uzbekistan” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)