Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, prezident Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Sammitda hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari 2022-yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)