“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand “PSJ” forvardi Kilian Mbappe haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘zimni boshqalar bilan solishtirishni yoqtirmayman. O‘zimga yarasha noyob o‘yinchiman, shu bois menga bunday solishtirishlar yoqmaydi.
OAV o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida Ronaldu va Messiga nisbatan shunday munosabatda bo‘ldi, o‘yinchilar esa bir-birini tortib yurdi — bu yaxshi. Bundan tashqari ular “Real” va “Barselona”da to‘p surgan, ideal raqobat.
Biroq men bunday narsalar haqida o‘ylamayman. Mbappe — ajoyib yosh o‘yinchi. U yosh bo‘lishiga qaramay bu qadar katta yutuqlarga erishganini esdan chiqarmang va biz uning yangi natijalarini ko‘ramiz.
Men o‘zimning o‘yinimga e’tibor qaratganman. Maydonda ham, uning tashqarisida ham o‘zimning eng yaxshi variantimni namoyish qilish uchun har kuni ishlayman”, — deydi Holand.
Izoh (0)