Braziliyalik sobiq futbolchi Pelening ahvoli yana og‘irlashdi, deya xabar qilmoqda RMC Sport.
San-Pauluda joylashgan Albert Eynshteyn nomidagi shifoxona vakillari Braziliya afsonasining ahvoli yana og‘irlashganini ma’lum qildi.
Peleda buyrak va yurak yetishmovchiligi kuzatilgan. Bundan tashqari uning saratoni rivojlanishda davom etmoqda. Qayd etilishicha, Pele kuchaytirilgan nazorat ostida davolanmoqda.
Pele sog‘lig‘i yomonlashgach, 29-noyabr kuni shifoxonaga yotqizilgandi. Keyinroq uning holati yaxshilangani aytilgandi.
Izoh (0)