Niderlandiyalik sobiq futbolchi Edgar Davids Lionel Messini chempionlik bilan tabrikladi.
“Messi va Argentina terma jamoasini finaldagi g‘alaba bilan tabriklayman”, — deb yozdi Davids Instagram sahifasida.
JCH—2022 chorak finalidan o‘rin olgan Niderlandiya—Argentina bahsidan so‘ng (2:2, penaltilar bo‘yicha 2:3) Edgar va Messi o‘rtasida mojaro kelib chiqqandi. Leo raqib jamoa zaxira o‘rindig‘iga yaqinlashib, u yerda o‘tirgan murabbiylar shtabiga qarata baland ovozda gapirgan edi.
Izoh (0)