• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Huquqshunos: “Samarqand va Namangan shaharlari Toshkent kabi viloyatlar bilan teng maqomda bo‘ladi”

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida Samarqand va Namangan shaharlarini alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo‘ysunuviga o‘tkazishni taklif qildi. Huquqshunos, mustaqil tadqiqotchi Eldor Hamroyev “Daryo”ga taqdim etgan maqolasida mazkur o‘zgarishning ahamiyatini tahlil qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Millionlik shahar”lar

    Davlat rahbarining parlamentga murojaatnomasida Samarqand va Namangan shaharlariga respublika bo‘ysinuvidagi shaharlar maqomini berish taklifi ilgari surildi. Bu nima degani? Bu, oddiy qilib aytganda, Toshkent shahri va Toshkent viloyati bir-biridan mustaqil, alohida ma’muriy birliklar hisoblanishi, Toshkent shahri viloyatlar bilan teng maqomda bo‘lgani kabi, endi Samarqand va Namangan shaharlari ham ushbu nomdagi viloyatlar tarkibidan chiqarilib, alohida maqomga, alohida boshqaruvga ega bo‘ladi degani.

    Biz faqat poytaxt Toshkent shahrining alohida shahar bo‘lishiga ko‘nikib qolganmiz. Lekin, masalan, Germaniyada Berlindan tashqari Gamburg va Bremen, Rossiyada Moskvadan tashqari Sankt-Peterburg, Qozog‘istonda Ostonadan tashqari Olma-ota va Chimkent shaharlari bevosita markazga bo‘ysunadigan alohida subyektlar hisoblanadi.

    Qolaversa, ma’muriy-hududiy tuzilishning o‘zgarishi — bu tabiiy jarayon. AQSH ham avvaldan 50 ta shtatdan iborat bo‘lmagan, yangi hududlar o‘zlashtirilib, rivojlanib borgani sari, ular qismlarga bo‘linib, yangi shtatlar tashkil etilgan.

    O‘zbekiston tarkibida oxirgi marta 1982-yili Navoiy viloyati tashkil etilgan. Agar orada bir muddat bu viloyat tugatilib, qayta tashkil etilganini inobatga olmasak, oxirgi 40 yil ichida O‘zbekiston tarkibidagi hududlar soni 14 tadan o‘zgargani yo‘q, ya’ni Qoraqalpog‘iston, 12 ta viloyat va Toshkent shahri respublika bo‘ysunuvidagi hududlardir.

    Endi O‘zbekiston 16 ta ma’muriy-hududiy birlikdan, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va uchta respublika ahamiyatidagi shaharlar — Toshkent, Samarqand, Namangandan iborat bo‘ladi. Bu o‘zgarishning ahamiyatini tushunish uchun unga kompleks yondashib, baho berish kerak.

    Eng avvalo, bu tashabbus urbanizatsiya, ya’ni aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib shaharlarni rivojlantirish jihatidan muhim. Markaziy Osiyo hududida birinchi yirik, ya’ni “millionlik shahar” maqomiga Toshkent shahri 1960-yillarda erishgan. O‘sha paytda yurtimiz aholisi sakkiz million kishidan sal ko‘proq bo‘lgan.

    Bugun O‘zbekiston aholisi 36 million kishiga yetdi. Ammo haligacha odamlar ish, o‘qish, davolanish, dam olish va biznes qilish uchun intiladigan shahar, “tortuvchi markaz” — Toshkent shahri bo‘lib qolmoqda.

    Bu orada mintaqamizda “millionlik shahar”lar soni yettitaga yetdi. Oddiy misol, qo‘shni Qozog‘istonda aholi soni 19 million nafar bo‘lsa-da, mamlakatda “millionlik shahar”lar soni uchta. Ularning barchasi respublika bo‘ysinuvidagi shahar maqomiga ega.

    Odamlar nega shaharlarga intiladi?

    “Millionlik shahar”lar mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega, bu nazariy jihatdan ham, tarixdan ham o‘z tasdig‘ini topgan.

    Chunki odamlar shaharlarni, tartib bilan rivojlangan yirik markazlarni bejiz barpo etmagan. Bunday shaharda hayot doim qaynaydi, turli sohalar, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish hisobidan ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratish mumkin bo‘ladi.

    Masalan, siz sartaroshlik, soat tuzatish, taksi xizmati ko‘rsatasiz, savdo qilasiz yoki umumiy ovqatlanish shoxobchasi tashkil etgansiz. Ayni shu ishni oddiy tuman markazi yoki kichik shaharda tashkil etish bilan respublika darajasidagi shaharda tashkil etish o‘rtasida osmon bilan yercha farq bor.

    Yana bir muhim jihat, bu tashabbus birdaniga paydo bo‘lgani yo‘q. Agar 2022-yilgi Davlat dasturiga diqqat bilan razm solsak, u yerda aynan Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shahar”larga va “tortuvchi markazlar”ga aylantirish bo‘yicha alohida band bor.

    Chindan ham oxirgi yillarda bu ikki shaharda prezident tashabbusi bilan yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yangi oliy o‘quv yurtlari, turizm va ishbilarmonlik markazlari, sanoat korxonalari, yangi turar joy massivlari tashkil etildi.

    2022-yilda biz birinchi marta poytaxtimizdan tashqarida, ya’ni Samarqand shahrida xalqaro darajadagi eng nufuzli tadbirlar — Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlarini o‘tkazdik.

    Yuqoridagilarni umumlashtirib aytganda, endi O‘zbekistonda fuqarolar, investorlar, tadbirkorlar va sayyohlar intiladigan joy — Toshkent shahri safiga, voha hududida Samarqand shahri, Farg‘ona vodiysida Namangan shahri ham qo‘shilmoqda.

    Bu taklif boshqaruv samaradorligi jihatidan ham muhim. Aslida ma’muriy-hududiy birliklarni tashkil etishdan maqsad nima? Maqsad — boshqaruvni, davlat organlarini xalqqa yaqinlashtirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishdir.

    Masalan, Sirdaryo viloyatida 870 ming nafar odam yashaydi. Ularga xizmat ko‘rsatish uchun bitta viloyat, sakkizta tuman va yana viloyatga bo‘ysinadigan uchta shahar tashkil etganmiz. Ularning barchasida hokimlik, sud, prokuratura, madaniyat, ta’lim, pensiya jamg‘armasi bo‘limlari va boshqa ko‘plab tuzilmalar ishlayapti.

    Endi “millionlik shahar”larga aylanayotgan Samarqand va Namangan shaharlarini olaylik. Demak, bu shaharlarda yashayotgan aholining muammolari bilan ishlash, hududni rivojlantirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun ham Sirdaryo viloyatidagidan kam bo‘lmagan kuch va vositalar ajratilishi kerak. Yoki boshqa misol. Toshkent shahri 1930-yilda respublika poytaxti bo‘lgan. Lekin o‘shanda ham hudud Toshkent viloyati tarkibida qolgan. Faqatgina 1943-yilda shahar Toshkent viloyati tarkibidan chiqarilib, respublika bo‘ysinuviga o‘tkazilgan. Nega? Demak, o‘z vaqtida Toshkent shahrini ham respublika bo‘ysinuviga o‘tkazish uchun sabab uning poytaxt bo‘lgani emas, hududning kengaygani, aholi soni oshgani va uni rivojlantirish uchun alohida e’tibor zarurligi bo‘lgan.

    Bugun Samarqand va Namangan shaharlariga shunday maqsad bilan respublika ahamiyatidagi shahar maqomi berilmoqda.

    Shaharlarga yangi maqom berilishining yuridik ahamiyati

    Bu yangilikning yuridik jihatdan ham ahamiyati katta. Oxirgi yillarda Namangan shahri tarkibida ikkita yangi tuman — Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari tashkil etildi. Samarqand shahri tarkibida ham tumanlar tashkil etish tashabbusi haqida ochiq manbalarda o‘qish mumkin. Maqsad, yuqorida aytilganidek, soni tobora o‘sayotgan aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash.

    Lekin yuridik jihatdan istalgan qonunchilikni olib qarasak, O‘zbekistonda davlat boshqaruvi uch bosqichli tizimga asoslanganini ko‘ramiz: respublika — viloyat — tuman (shahar). Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahriga ham deyarli barcha holatlarda, viloyatlar uchun belgilangan qoidalar amal qiladi. Faqatgina Namangan misolida yangicha, to‘rt bosqichli tizim paydo bo‘ldi: respublika — Namangan viloyati — Namangan shahri — Davlatobod tumani.

    Mana shu joyda ayrim savollar paydo bo‘layotgan edi. Masalan, mahalliy byudjetni tuzishda qaysi xarajatlar Namangan shahar byudjetidan, qaysilari Davlatobod tumani byudjetidan moliyalashtirilishi kerak? Yoki prokuratura tizimida tuman va shahar prokurorlarining vazifalari aniq chegaralangan. Namangan shahar prokurori va Davlatobod tuman prokurorining vakolatlari-chi? Ularni qanday chegaralash kerak? Shu nuqtayi nazardan yirik shaharlar tarkibida, xususan, Namangan va Samarqand shaharlarida tumanlar tashkil etilsa, butun qonunchilik tizimini bu yangilikka moslashtirgandan ko‘ra, ushbu shaharlarni, xuddi Toshkent shahri singari, respublika bo‘ysinuviga o‘tkazishimiz juda to‘g‘ri va mantiqiy qaror hisoblanadi.

    To‘rtinchidan, mazkur tashabbus tadbirkorlik muhiti yoki investitsiyaviy jozibadorlik nuqtayi nazaridan ham alohida qimmatga ega. Bu yerda davlat biznesga o‘ziga xos “signal” beryapti: “O‘zbekistonda yana ikkita shahar Toshkent shahri kabi alohida maqomga ega bo‘ladi, ular tez orada yanada rivojlanadi, aholi soni oshadi, o‘z kapitalingizni bu shaharlarga yo‘naltirsangiz, aslo kam bo‘lmaysiz” deyapti.

    Transport-logistika jihatdan ham shunday. Hozir respublikaga kelayotgan aviakompaniyalar uchun Toshkent shahri asosiy aviatsiya xabi hisoblanadi. Boshqa aeroportlarning barchasi deyarli teng maqomda. Ularning ehtimol biz uchun farqi bordir, lekin tashqaridan qaragan odamga hammasi teng.

    Endi Samarqand va Namangan shahri aeroportlarining nufuzi ortadi, ushbu shaharlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishga qiziquvchilar ko‘payadi.

    Shaharlar alohida budjetiga ega bo‘ladi 

    Shu o‘rinda, bu o‘zgarish oddiy odamlarga, masalan, har ikki shahar va har ikki viloyat aholisiga nima beradi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

    Eng avvalo, bu o‘zgarish odamlar hayotida qiyinchilik yoki noqulaylik keltirib chiqarmaydi: hamma o‘z ishi, kundalik hayot tarzini avvalgiday davom ettiraveradi. Odamlar bundan keyin ham o‘zi istagan joyida dam olishi, o‘qishi, davolanishi, ishlashi mumkin bo‘ladi, bu borada hech qanday muammo yo‘q. Aksincha, mazkur shaharlarda yashovchilar uchun yangi imkoniyatlar eshiklari ochiladi. Samarqand va Namangan shaharlari alohida shahar sifatida o‘z budjetiga ega bo‘ladi. Mazkur shaharlardan ilgari viloyat byudjetiga tushgan tushumlar endi shaharning o‘zida qoladi. Har ikki shaharni tartib bilan, odamlarga qulay tarzda rivojlantirish uchun alohida dasturlar ishlab chiqiladi.

    Samarqand va Namangan viloyatlarining boshqa hududlarida-chi? Ularda nima o‘zgaradi?

    Agar statistikaga murojaat qilsak, bu ikki viloyat juda ko‘p ko‘rsatkichlar, jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat ishlab chiqarish hajmi, ish o‘rinlari soni, infratuzilmani rivojlantirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘lar miqdori bo‘yicha respublikada oldingi o‘rinlarda turadi.

    Lekin, hech kimga sir emaski, bu ko‘rsatkichlarda eng katta ulush — Samarqand va Namangan viloyatlarining hozirgi markazlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Endi ularning tarkibidagi shaharlar alohida ajralganidan keyin yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar statistika nuqtayi nazaridan sezilarli darajada pasayadi. Shu tarzda ikki viloyatning boshqa tumanlari va shaharlaridagi haqiqiy ko‘rsatkichlar shakllanadi.

    Shundan keyin bu ko‘rsatkichlarni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, ushbu hududlarga bo‘lgan e’tibor yanada oshadi.

    Toshkent viloyatining markazi — Nurafshon shahri bo‘lgani singari, bu viloyatlarning ham yangi markazi belgilanadi.

    O‘z-o‘zidan ayrimlarda bu taklifning moliyaviy hisob-kitobi qanday bo‘ladi, yangi xarajatlarga olib kelmaydimi, degan savol bo‘lishi mumkin.

    Tabiiyki, xarajatlar bo‘ladi. Lekin shuni ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu o‘zgarish natijasida Samarqand va Namangan shaharlarining nufuzi, investitsiyaviy jozibadorligi ortishi, biznesning rivojlanishi, ish o‘rinlarining ko‘payishi, shu orqali soliq tushumlari ortishi hisobiga xarajatlar o‘zini oqlaydi.

    Prezident taklifini amalga oshirish uchun, eng avvalo, Konstitutsiya va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, Oliy Majlis palatalarining tegishli qarorlarini qabul qilish lozim bo‘ladi.

    21.12.2022, 09:19   Izoh (0)   10977
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Furqat tumani hokimi: “Farg‘ona viloyatini keyingi yilda ishsizlikdan xoli hududga aylantirishga munosib hissa qo‘shamiz”

    21.12.2022, 07:15

    “Daryo” podkasti: Monolog sahifasi. Anton Chexov va Nazar Eshonqul asarlaridan

    21.12.2022, 00:36

    Toshkent viloyatida qizlarni Hindistonga fohishalikka yuborayotgan erkak ushlandi

    20.12.2022, 23:40

    Andijon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

    20.12.2022, 22:47

    “Hali ham shokdaman”. Maktabda supuruvchi bo‘lib ishlovchi Aleksandr Sokolov prezidentning kutilmagan tashrifi haqida gapirib berdi

    20.12.2022, 22:47

    “Klasterlarda xomashyo muammosi yuzaga kelgan, ishchilar soni qisqartirib ko‘rsatilgan”. Mirzaobod tumanida doimiy band aholining kamayish sababi aytildi

    20.12.2022, 22:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.