“Sevilya” yarim himoyachisi Isko tez orada jamoani tark etishi mumkin.
Ispan klubi futbolchi bilan shartnomani bekor qiladi, deya xabar beradi Marca. Joriy yilning avgust oyida tuzilgan 2 yillik shartnoma bekor qilinadi.
Isko “Sevilya” sport direktori Ramon Rodriges Monchi bilan kelishmay qolgan.
Andalusiyaliklar safida futbolchi barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)