Ayni vaqtda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llamoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Davlat rahbari 2023-yilda oliygohlar uchun imtiyozli ta’lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytirilib, 1,7 trillion so‘m ajratilishini aytdi.
“Bu yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,5 trillion so‘m yo‘naltirildi. Bu – 2017-yilga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘p, degani. Olimlarning ish haqi ham, 4,5 barobarga oshirildi. Bularning hisobiga, nano- va bio-texnologiyalar, raqamli geologiya kabi 18 ta yangi ilmiy yo‘nalish tashkil etildi. 2023-yili ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion so‘m ajratiladi.
Endi, olimlarimiz suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi bugungi kunda biz uchun dolzarb yo‘nalishlarda aniq natijalar ko‘rsatishlari kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga doir:
Izoh (0)