Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda mamlakatda xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan 232 ming korxonada ishchilar soni bor-yo‘g‘i bir kishidan iborat ekanligi qayd etib o‘tildi. Jumladan, Namangan viloyatining Namangan tumanida bunday korxonalar soni 70 foizni tashkil etmoqda. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev tuman hokimi Sadriddin Mo‘minov bilan uchrashib, selektordan chiqarilgan xulosalar haqida so‘radi.

Namangan tumani Sadriddin Mo‘minov.

Namangan tumani Sadriddin Mo‘minov.
Foto: Namangan tumani hokimligi axborot xizmati

“Namangan tumanida faoliyati barchaga ibrat bo‘lishga arzigulik xususiy korxonalarimiz ko‘p. Masalan, Toshbuloqdagi suv nasoslari va elektr dvigatellari ishlab chiqariladigan ‘Nammotorservis’ korxonasida 90 nafar xodim ishlab kelmoqda, o‘rtacha oylik 4 million so‘m. Monomarkazda yoshlarni kasbga tayyorlash va o‘qitish ishlarini ham tashkil etishgan. Trikotaj mahsulotlari, ipak va mato ishlab chiqaradigan Golden Silk korxonasida esa 100 nafarga yaqin xodim ishlamoqda, ularning uchdan biri xotin-qizlar. O‘rtacha oylik ish haqi 2 million so‘m, yillik eksporti 1,5 million dollarga yetdi.

Selektordan chiqargan asosiy xulosam shu bo‘ldiki, mana shunday ishchi-xodimlarini yashirmay halol ishlayotgan, soliq to‘layotgan, tuman iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shayotgan xususiy korxonalarni rag‘batlantirishimiz, qo‘llab-quvvatlashimiz va boshqa tadbirkorlarga namuna qilishimiz kerak ekan.

Qolaversa, topshirilayotgan soliq va statistik hisobotlarni jiddiy tahlil qilishni ham o‘rganishimiz kerak. Shunda selektorda ko‘rsatilgan kamchiliklar oldinroq o‘zimizga ayon bo‘lib, ularning oldini olish yoki tezlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilgan bo‘lardi”, — deydi Sadriddin Mo‘minov.

Ma’lumot uchun, Namangan tumanida bugungi kunda 2 mingga yaqin kichik tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 443 tasi qishloq xo‘jaligi, 438 tasi sanoat, 123 tasi qurilish va ta’mirlash, 481 tasi savdo, 42 tasi umumiy ovqatlanish, 65 tasi transport, 26 tasi axborot-kommunikatsiya, 105 tasi sog‘liqni saqlash, 64 tasi ta’lim va sport, 71 tasi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat ko‘rsatadi, 131 tasi esa boshqa turdagi korxonadan iborat.

Mavzuga doir: Uchqo‘rg‘on tumani hokimi: “Yashirin iqtisodiyotga barham berish uchun tadbirkorlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lish kerakligini angladik”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi