Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi rasmiysi, brigada generali Aleksey Gromov Rossiya o‘z yo‘qotishlarini O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan mehnat muhojirlari hisobiga to‘ldirayotganini aytdi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Ma’lum qilinishicha, Rossiya hukumati shu maqsadda harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini kengaytirish uchun bir qator qonun hujjatlarini qabul qilgan. Xususan, Rossiyaning yangi qonunchilik me’yorlariga ko‘ra, jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolarni safarbar qilish uchun harbiy xizmatga chaqirishga ruxsat beriladi.

“Ushbu o‘zgarishlar, birinchi navbatda, Rossiya hududida bo‘lgan mehnat muhojirlarini harbiy xizmatga jalb etishga qaratilgan”, — deya tushuntirdi Gromov.

U hozirda Rossiyada, asosan, Osiyo va Kavkazdan 6 millionga yaqin kishi istiqomat qilishini aytdi. Ularning qariyb 50 foizi O‘zbekistondan, 30 foizi Tojikistondan, qolgan muhojirlar Qirg‘iziston, Armaniston, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan kelganlardir.

“Muhojirlarning umumiy sonidan qariyb 2,7 million kishini, deyarli 45 foizini harbiy yoshdagi erkaklar tashkil qiladi”, — deydi brigada generali.

Shu bilan birga, genera “Lugansk xalq respublikasi” erkaklarni majburiy safarbar qilishda davom etishini aytdi. Xususan, Rovenki qishlog‘ida harbiylar keyinchalik rus kuchlarining 2-armiya korpusi safiga chaqirish uchun erkaklarni qidirgan. Luganskka barcha chiqish va kirish yo‘llarini to‘sib qo‘yilgan.

Mavzuga doir:

Rossiyadagi koloniyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonliklar “Vagner” guruhi tarkibida Ukrainadagi urushga jo‘natilgan — “Novaya gazeta”

Migrantlar federatsiyasi: Rossiyaga keluvchi xorijliklar orasida qurolli kuchlar safida xizmat qilishga bo‘lgan qiziqish ortmoqda

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov