• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qiyomatda tengma-teng javob berasiz”. Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotganlarga murojaat qildi (video)

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov giyohvandlik illati, unga qarshi choralar, bunday moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga yetadigan zararlar haqida gapirdi.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Muftiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda giyohvandlik illatiga mubtalo bo‘lganlar soni dunyo bo‘ylab 500 millionni tashkil etmoqda. Har kuni minglab odamlar shu vabo sabab hayotdan ko‘z yummoqda. Qancha-qancha oilalar shuning ortidan parokanda bo‘lyapti, nogiron bolalar tug‘ilyapti.

    Quyida Musulmonlar idorasi raisining ushbu mavzu yuzasidan aytgan fikrlari to‘liq holda keltiriladi.

    “Qur’oni karimda Allohning ‘O‘zingizni o‘z qo‘lingiz bilan halokatga tashlamang’, degan oyat kalimasi bor. Inson o‘zini o‘zi halokatga tashlashi mumkin emas. Agar shu katta gunoh bo‘ladi. O‘z joniga qasd qilish deganda biz doim suiqasd qilish, biror ko‘rinib turgan suiqasdni tushunamiz. Lekin aslida giyohvandlik ham insonning o‘z joniga qasd qilishi bilan tengdir.

    Islomning 5 ta oliy maqsadi degan narsa bor: insonlarning hayotini, aqlini, mol-dunyosini, nasabini va dinini muhofaza qilish. Din mana shu 5 maqsad ustiga qurilgan. Qaysi g‘oya yoki amal mana shu maqsadlarga qarshi bo‘lsa, bu inson Islomga qarshi chiqayotgan bo‘ladi. Ulamolar giyohvandlikni mana shu 5 maqsadning hammasiga zid deb biladi.

    Birinchidan, giyohvandlik insonlarning hayotiga zomin bo‘ladi. Bir paytlar oddiygina ko‘knori orqali giyohvandlik bilan shug‘ullanilgan bo‘lsa, u bugungi kunda kimyoviy tarkibga aylandi. Hozir maxsus dorilar paydo bo‘ldi, odamlar shunday dorilarni sotib olib, o‘z hayotiga tajovuz qilyapti.

    Ikkinchidan, bu illat odamlarning moliga ta’sir o‘tkazyapti. Odamlar bu illat uchun molini isrof etyapti, harom yo‘lga sarflayapti. Shu darajaga borib qolinyaptiki, bu illatga yo‘liqqanlar puli qolmagach, uyidagi bor narsani olib chiqib sotyapti. Bola-chaqasining ham rizqini o‘ylamayapti. Hatto ota-onasi, yaqinlarining pulini o‘g‘irlab, shu yo‘lga sarflayotganlar bor.

    Yana bir maqsad odamlarning aqlini muhofaza qilish bo‘lib, bugungi kunda giyohvandlik odamlarni aqlidan ayiryapti. Ulamolar aytadiki, giyohvandlik vaqtincha majnun bo‘lish, aqldan ketishga olib keladi. Shu paytda u istalgan jinoyatni qilib qo‘yishi mumkin.

    Keyingi maqsad — nasabni himoyalash. Nasabning pok bo‘lishi, kelajak avlodning sog‘lom tug‘ilishini muhofaza qilish Islomning oliy maqsadlaridan bittasi hisoblanadi. Bugun giyohvandlik ortidan qanchadan qancha bola nogiron tug‘ilmoqda. Demakki, giyohvandlik bu maqsadga ham qarshi.

    Yana bir maqsadlardan biri — dinni muhofaza qilish. Ammo bu illatga kirishganlarda din qoladimi? Dinga amal qilish uyoqda tursin, uni tasavvur etishdan ham uzoqlashib qoladi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, giyohvandlik Islomning eng oliy deb bilgan 5 maqsadining barchasiga qarshi.

    Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning bir hadislari bor. Unda shunday deyiladi: ‘Sizlardan kimki bir munkar (nojoiz) ishni ko‘rsa, uni qo‘li bilan o‘zgartirsin (qaytarsin). Agar bunga qodir bo‘lmasa, unda tili bilan (qaytarsin). Bunga ham qodir bo‘lmasa, qalbi bilan (qaytarsin). Bu (qalbi bilan munkar-harom ishni qaytarish) esa iymonning eng zaifidir’. Shu darajagacha bormaslik kerak.

    Giyohvandlik qaytarish kerak bo‘lgan ishlarning eng yuqori darajasida turadi. Ularni qo‘li bilan qaytaradiganlar maxsus xizmatlar bo‘lib, ya’ni ularga jazo berish nazarda tutiladi. Biz esa tilimiz bilan bu ishdan qaytaramiz: gapiramiz, ogohlantiramiz, kerak bo‘lsa, tegishli joylarga aytib, davolattiramiz. Lekin hozir bizda befarqlik. Atrofda shunday insonlarni ko‘rsak, ko‘rmaganga, eshitsak ham, eshitmaganga olib yuraveramiz. Shu narsa xato.

    Hozir biz eng ko‘p xavotir oladigan jihatimiz — yoshlarning psixotrop moddalardan foydalanishlari. Aslida bu dorilar ruhiy kasallarni davolash uchun chiqariladi. Shuningdek, bunday dorilar faqatgina maxsus ruxsatnoma bilan, ruxsat etilgan joylardagina sotilishi kerak. Agar sog‘lom odam bu dorilarni qabul qilsa, vaqtincha ruhiy kasalga aylanadi. To‘xtovsiz qabul qilavergach, o‘zini boshqara olmay qolib, yo o‘zining, yo biror yaqinining joniga qasd qilar ekan.

    Yoshlar bu dorilarni qayerdan olyapti? Ko‘chada bildirmasdan sotayotganlar, o‘ziga alohida makon qilib olganlar yo‘q deysizmi? Shu yerdan olyapti yoshlar. Ana shu sotuvchilarga aytamizki, giyohvand moddani iste’mol qilgan ham, uni sotgan ham, uni olib kelishda yordam bergan ham barobar gunohkor bo‘ladi. Sotgan doringizni qaysidir bola iste’mol qilib, shuning ortidan nima jinoyat qiladigan bo‘lsa, siz ham qiyomatda u bilan tengma-teng javob berasiz. Shuning ortidan bola boqib, tirikchilik qilayotganlar, Allohdan uyaling. Ertaga sizning avlodingizdan ham mana shu dardga mubtalo bo‘lganlar chiqib qolishi mumkin.

    Bunday savdo bilan shug‘ullanayotganlarni ko‘rgan odam ham kerakli joylarga aytib, to‘xtatishi kerak. Bu gunoh yoki chaqimchilik bo‘lmaydi. Aslida, buni aytmaslik gunoh. Chunki o‘sha bitta tabletkani ichishi bilan bir kishining joniga qasd qilishi, bir odamni o‘ldirib qo‘yishi yoki boshqa jinoyatlar qilib qo‘yishi mumkin. Yoki o‘zi halokatga uchrashi mumkin. Shuning oldini olish — hammamizning vazifamiz. Befarq bo‘lmasligimiz kerak.

    O‘zbekiston Musulmonlari ulamolar kengashining alohida qarori, alohida fatvosi shuki, kim giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullanyotgan bo‘lsa, uning topgan moli harom, bola-chaqasiga harom yegizayotgan bo‘ladi. Bundan topgan molidan qilingan hech bir ehsoni qabul bo‘lmaydi”.

    Mavzuga doir:

    • “Ba’zi yigitlarning onasi ‘Yo meni tanla, yo ayolingni’, deb tanlov qo‘yyapti. Aslida onaning shunday shart qo‘yishi gunoh” — Nuriddin Xoliqnazarov
    • “Hozir hammaning o‘z ‘shayxi’ bor Google degan. Yozyapmiz, javobi chiqsa, mana shu to‘g‘ri deb o‘ylayapmiz” — Nuriddin Xoliqnazarov
    • “Alloh isrof qilguvchilarni yaxshi ko‘rmaydi. Hammasi uchun javob beramiz” — Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov
    • “Korrupsionerlarni la’natlaymiz, lekin ularni poraxo‘r qilayotgan biz o‘zimiz-ku” — Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov

    15.12.2022, 12:17   Izoh (0)   8338
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Serbiyada Made in Uzbekistan nomi ostida O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi mumkin

    15.12.2022, 12:10

    O‘zbekistonliklar dam olish uchun eng ko‘p qayerga borayotgani ma’lum qilindi

    15.12.2022, 11:55

    O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 milliondan oshdi

    15.12.2022, 11:30

    O‘zbekistonda AI-80 benzini ishlab chiqarish hajmi 50 foizdan ko‘proqqa oshirildi

    15.12.2022, 11:26

    Pensiya hisoblashda yangi tartib joriy etilmoqda. Kimlarning pensiyasi oshadi?

    15.12.2022, 11:22

    Foto: “Janubiy Ustyurt” tabiat bog‘idagi Sariqamish ko‘liga uchib kelgan noyob qushlar

    15.12.2022, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.