Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov jamiyatdagi muammolar haqida turkum suhbatlar uyushtirib kelmoqda. Bu galgi suhbatda muftiy pora olish va berish, korrupsiyaviy holatlardan qaytardi.

Haqiqatan ham, bugun ko‘p ijtimoiy illatlarning guvohi bo‘lib boryapmiz. Va asta-sekinlik bilan ushbu muammolarni muolaja qilib borishga harakat qilyapmiz. Jamiyatimizda yashayotgan har bir fuqaro ijtimoiy muammolarga befarq emasligini ko‘rsatib kelmoqda.

Bugungi suhbatimizda nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda rivojlanishdan to‘xtamayotgan, kelajakning zavoli, baxt-saodatni yo‘qqa chiqaradigan, yoshlarning kelajakka bo‘lgan umidini so‘ndiradigan eng katta illatlardan biri korrupsiya haqida gaplashamiz.

Dinimiz mo‘min-musulmonlarni halol yashashga, halol tanovul qilishga, halol turmush qilishga chaqiradi.

Bir hadisda payg‘ambarimiz pora oluvchini ham, pora beruvchini ham, ularga vositachilik qiluvchini ham la’natlagani aytiladi. Mana shu uchalasidan biri bo‘lib qolish holati bugun jamiyatimizda ko‘paydi. Biz doim oluvchini la’natlaymiz, poraxo‘r deymiz. Lekin uni poraxo‘r qilayotgan biz o‘zimiz-ku.

Agar biz mana shu hadisdan xulosa chiqarib, pora berishni, vositachilik qilishni to‘xtatsak, korrupsiya yo‘qoladi.

Jamiyatni rivojlantirishdan to‘xtatadigan eng katta narsa, eng katta illat mana shu korrupsiya. Agar poraxo‘rlik to‘xtasa, rivojlanish bo‘ladi, hamma narsa o‘z egasi qo‘lida bo‘ladi.

Qilayotgan har bir harakatimizni Alloh taoloning rizoligi uchun qiladigan bo‘lsak, korrupsiya degan illatdan hammamiz qutilib ketamiz. Hammamizga Alloh insof, tavfiq bersin, — deydi Nuriddin Xoliqnazarov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi